Vertu xitoylik sarmoyadorlar qo‘liga o‘tdi

Vertu xitoylik sarmoyadorlar qo‘liga o‘tdi

Xitoylik sarmoyadorlar Vertu lyuks smartfonlarini ishlab chiqaruvchi EQT kompaniyasini sotib oldi, deb xabar bermoqda Financial Times.

Xabarlarda keltirilishicha, kompaniyani Godin Holdings Gonkong fondi sotib olgan. Yangi xarid amalga oshirilganidan so‘ng kompaniyaning amaldagi ijrochi direktori Massimiliano Pogliani o‘z lavozimidan chetlatildi.

Ayni paytda, Vertu ham, EQT ham shartnoma shartlari haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Vertu o‘z faoliyatini Angliyaning Xempshirdagi shtab-kvartirasida davom ettirishda davom etadi. Uning xodimlari sonini 450 nafar kishi tashkil etadi.

EQT Vertu`ni 2012 yilda Nokia kompaniyasidan 200 mln yevro evaziga sotib olgan edi.