Vetnam urushi va dayverlar haqidagi o‘yinlarni bepul va butkul olib qo‘yishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  2210
  •  09.10.2020 17:34

Vetnam urushi va dayverlar haqidagi o‘yinlarni bepul va butkul olib qo‘yishga ulguring!

Kuni kecha biz Call of Duty turkumidagi eng yangi o‘yinni taqdimotdan avval BEPUL o‘ynash grafigi va treylerini e’lon qilgan edik. Hafta so‘ngiga kelib esa Epic Games kompaniyasi yana ikkita o‘yinni butunlay va bepul ulashmoqda.

O‘QING: Siz sevgan Need for Speed yangi qiyofada qaytdi! (+rasmiy treyler)

Tekinga tarqatilayotgan o‘yinlardan biri Abzu nomli chiroyli sarguzasht bo‘lib, geymerlar unda ummon tubiga sho‘ng‘ishadi. Okean sirlarini topish, g‘ayrioddiy jonivorlarni kuzatish va qadimiy sehru joduni o‘rganish sizga ham yoqib qoladi:

Dayver (suv ostiga sho‘ng‘uvchi) rolida bo‘lib ko‘rish uchun Abzu o‘yinini ushbu havola orqali yuklab olasiz.

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Hozir bepul olib qo‘yish mumkin bo‘lgan ikkinchi o‘yin esa Rising Storm 2: Vietnam nomli taktik shuter bo‘ladi. Ushbu jangovar o‘yin voqealari, nomidan ham ko‘rinib turganidek, Vetnam urushi davomida bo‘lib o‘tadi. Ushbu ekshen multipleyerga mo‘ljallangan, to‘rtta rejimga ega va unda naq 64 nafargacha geymer ishtirok etishi mumkin.

Rising Storm 2: Vietnam o‘yinining nusxasini yuklab olish uchun mana bu havola orqali Epic Games Store saytiga o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

Yuqoridagi ikkala o‘yinning ham bepul berilish aksiyasi 15 oktyabrgacha davom etadi; shungacha olib qo‘ysangiz, keyin istalgan payt o‘ynayverishingiz mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, Vetnam urushi haqidagisi juda qizg‘in kechadi – uni birga o‘ynash uchun mazkur xabarni geymer do‘stlaringizga ham yetkazing.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.