Viber’da yangi funksiya: maxfiy xabar!

  •   DiMaX
  •  910
  •  21.02.2017 17:17

Viber’da yangi funksiya: maxfiy xabar!

iOS va Android tizimlarida ishlovchi qurilmalarga ega Viber foydalanuvchilari endi belgilangan vaqtda yo‘qolib ketadigan xabarlar yuborish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, deya xabar beradi Layfxaker sayti.

Tajribali foydalanuvchilar yaxshi bilishadiki, internet tarmog‘ida e’lon qilingan ma’lumot hech qachon butkul izsiz yo‘qolib ketmaydi. Internetda biror ahmoqona gap yozsangiz, yoki bema’niroq rasmni e’lon qilsangiz, bu – shu yozganingiz endi ko‘pchilikning qo‘li yetadigan hududga tushdi, deganidir.

Ammo Viber yaratuvchilari mana shu qoidani «aylanib o‘tish» yo‘lini topishgan ko‘rinadi. Dasturning yangi versiyasida fotoxabar va videoxabarlarni ma’lum bir vaqtda o‘chib ketadigan qilib jo‘natish imkoniyati taqdim etilgan.

 

Maxfiy fotorasm yoki videolavhani yuborish uchun uni qurilmangizning galereyasidan tanlaysiz yoki kamera orqali suratga tushirasiz. Shundan keyin soat ko‘rinishidagi tugmachani bosib, oldindan o‘rnatilgan taymer ko‘rsatkichlaridan birini: 1, 3, 7 yoki 10 soniyani tanlaysiz. Qabul qiluvchi xabarni ko‘rganidan ayni shuncha soniya vaqt o‘tib, u g‘oyib bo‘lib qoladi. Bu muddat ichida u faylni saqlab qo‘yishga ham ulgurmasligi aniq.

Ayrim surat yoki videolaringizni o‘zingizda saqlashingiz – eng ma’qul yo‘l, albatta. Lekin biror yaqiningizga uni berib qo‘ymasdan, faqat ko‘rsatishni xohlasangiz, Viber’ning mana shu yangi funksiyasidan foydalaning. Har holda, bu siringizdan butun internet ahli emas, balki faqat o‘sha yaqin odamingiz xabar topadi. Tag‘in surat yoki lavhangiz uning qo‘lida isbot tarzida qolmaydi ham – shunisidan ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi endi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.