Viber foydalanuvchilari bilishi kerak bo‘lgan 7 ta sir

Viber foydalanuvchilari bilishi kerak bo‘lgan 7 ta sir

The Fun nashri smartfon foydalanuvchilarining ko‘pchiligiga tanish bo‘lgan Viber messenjeri bilan bog‘liq ba’zi sirlarni oshkor etdi, deb Daryo.Uz yozmoqda.

  1. Qachon onlayn bo‘lganingiz haqidagi ma’lumotni yashiring

Buning uchun «Sozlashlar» menyusi orqali «Konfidensiallik»ka kiring va «Onlayn» («V seti») statusini o‘chirib qo‘ying. Endi Viber’ga kirsangiz ham, bu haqda hech kim bilmaydi.

  1. Xabar ko‘rilgani haqidagi statusni bekiting

Suhbatdoshingiz undan kelgan xabarni o‘qib bo‘lganingizni bilmasligi uchun sozlamalarga kirib, «Xavfsizlik» bo‘limini tanlang va xabar o‘qilgani haqidagi bildirishnomalarga javobgar bo‘lgan punktdan «galochka»ni olib tashlang.

  1. Telefon xotirasini to‘ldirmang

Viber’dagi chatlardan foto va videolar telefonda saqlanib qoladi. Uning xotirasini keraksiz narsalar bilan to‘ldirmaslik uchun, «Sozlashlar»ga kirib, «Multimedia»ni tanlang va «Galereyada saqlash» funksiyasini o‘chirib qo‘ying.

  1. Xabarlar jurnalini pochtangizga yuboring

Kompyuterda xabarlardan iborat jurnalingiz faylini zaxira sifatida saqlab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, yozishmani email’ingizga jo‘nating. Buning uchun Viber’da «Sozlashlar»ga, so‘ng «Chaqiruvlar va xabarlar»ga kiring va «Xabarlar jurnalini jo‘natish»ni tanlang.

  1. Profil suratini notanish foydalanuvchilardan yashiring

Profilingiz suratini barcha foydalanuvchilar ham ko‘rishini istamasangiz, «Sozlashlar»ga kirib, «Konfidensiallik» bo‘limidagi «Profil surati» qarshisidagi «Hech kim» variantini tanlang. Endi o‘z kontaktlaringiz ro‘yxatida bo‘lmagan foydalanuvchilar sizning fotosuratingizni ko‘ra olmaydi.

  1. «Dasturni ishlatmoqda» statusini yo‘qoting

Siz telefoningizga o‘rnatadigan deyarli barcha dastur va o‘yinlar Viber bilan sinxronlashadi. Shu tariqa, ular ro‘yxatingizdagi qolgan kontaktlarga ham ko‘rinadi. Ushbu funksiyani o‘chirish uchun, «Sozlashlar» — «Konfidensiallik»ka kiring va «Dasturni ishlatmoqda» punktidan «galochka»ni olib tashlang.

  1. Parol qo‘ying

Xabarlaringizni kimdir o‘qishini istamasangiz, Viber’ga parol qo‘yish mumkin. Messenjerning o‘zi buni taklif qilmaydi, biroq bunday foydali dasturni har qanday App Store’da osonlik bilan yuklab olish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!