Video: atigi 500 dollarga haqiqiy iPhone X yig‘sa bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2706
  •  14.01.2019 16:44

Video: atigi 500 dollarga haqiqiy iPhone X yig‘sa bo‘ladi!

Kupertinolik korporatsiyaning ayfonlari ko‘p jihatdan Android-smartfonlardan ustun, jumladan – narxi borasida ham. Ayrimlarining narxi bilan tannarxi orasidagi farq esa hayratlarga arzirli...

O‘QING: iPhone X tannarxi hisoblandi: qiymatning 74 foizi Apple’ning foydasi ekan!

Nikolay Tanev ismli videobloger o‘zining YouTube-kanalidagi yangi videoroligida qanday qilib iPhone X tergani haqida hikoya qilgan. Uning aytishicha, barcha butlovchi qismlar bir paytlar haqiqiy iPhone’lar tarkibida ishlagan original qismlardir. Bloger ularning barini Xitoyning Shenchjen shahridagi ehtiyot qismlar bozoridan sotib olgan.

Xarid qilingan qismlar orasida, jumladan, quyidagilar ham bor: 64 gigabaytlik xotirali asosiy plata – 280 dollar; akkumulyatorga, dinamikamlarga va datchikli kameraga ega orqa panel – 100 dollar; original OLED-displey – 130 dollar; turli vintlar – 2 dollar. Shuningdek, vloger 11 dollarga yangi akkumulyator ham olgan, lekin uning keragi bo‘lmay qolgan.

O‘QING: iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!

Barcha ehtiyot qismlardan iPhone X terish uchun yarim soatgina vaqt sarflangan, ammo buni Nikolay Tanev o‘zi eplay olmasdan, professionallarga murojaat etgan.

Mana, quyidagi videoga e’tibor qaratamiz:

Darvoqe, Tanev yana original qadoq hamda Lightning-kabelli quvvatlash qurilmasini ham xarid qilgan. Umumiy hisobda, «qo‘lda terilgan» iPhone X tannarxi taxminan 500 dollarni tashkil etgan.

O‘QING: Galaxy F buklama smartfoni tannarxini Galaxy S9+ hamda iPhone XS Max’niki bilan solishtiramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!