VIDEO: Atlas robotining aql bovar qilmas tryuklarini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  490
  •  12.10.2018 12:29

VIDEO: Atlas robotining aql bovar qilmas tryuklarini tomosha qiling!

Keyingi yillarda robotsozlik ancha rivojlanib, bu qurilmalarning mehnatidan ham foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, robotlar maktabda muallimlik, bankda kollektorlik qilishayotgani, uy ta’mirlashi, okeandan suzib o‘tgani, baliqlarni ergashtirgani va boshqalar haqida yozganmiz.

O‘QING: Qotil-robotlar odamlarga o‘z qarorini tushuntiradi

Boston Dynamics kompaniyasi yaratgan Atlas nomli robot esa xuddi sportchilardek tryuklarni bajarishi bilan kishilarni hayratga soladi. Jumladan, u yugurib ketayotib, to‘nka ustidan sakrab o‘tayotgani, tezligini pasaytirmagan holda zinalardan chiqayotgani aks etgan videoni internetga joylashdi.

Mana, o‘zingiz ko‘rib zavqlaning:

Guvohi bo‘layotganingizdek, zinaning 40 santimetrlik pog‘onalaridan chiqayotib ham Atlas yugurish tempini tushirmaydi. Tanasining og‘irligini navbatma-navbat oyoqlariga solgan holda zinadan bemalol ko‘tariladi.

Boston Dynamics vakillarining ta’kidlashlaricha, sakrash harakatlarini amalga oshirish uchun u butun tanasini, jumladan qo‘llari va gavdasini ham ishga soladi. Bu esa tirik jonzotlarga xos, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardandir.

O‘QING: O‘rgimchak-robotlar: ularni siz payqamaysiz ham

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!