VIDEO: Dunyodagi ilk buklama smartfonni JerryRigEverything ayovsiz sinab ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1003
  •  30.07.2019 14:31

VIDEO: Dunyodagi ilk buklama smartfonni JerryRigEverything ayovsiz sinab ko‘rsatdi

Smartfonlar drop-testlari, ularning ichini ochib ko‘rishlar yo‘nalishi bo‘yicha eng mashhur videoblogerlardan biri Zak Nelson (Zach Nelson) hisoblanadi. U o‘zining JerryRigEverything kanalida ko‘plab telefonlarning mustahkamlik testlarni e’lon qilgan.

O‘QING: 2018 yilning eng, eng, eng... smartfonlari (JerryRigEverything videotalqini)

Esingizda bo‘lsa, qayishqoq ekranli buklama smartfonni birinchi bo‘lib Huawei taqdim etarmikan, yoki Samsung’mi, deya hamma kutayotganida, uncha tanilmagan xitoylik kompaniya uloqni ilib ketgan edi. Royole FlexPai nomli ushbu devays o‘tgan yili kuzda taqdim etilgan bo‘lib, joriy yilning aprelidayoq birinchi partiyasi sotib tugatilgan ham.

Xullasi kalom, ushbu buklama smartfon JerryRigEverything qo‘liga yetib keldi va bloger, o‘z odatiga ko‘ra, uni turli usullarda qiynab, mustahkamligini sinab ko‘rdi.

Ma’lum bo‘lishicha, boshqa buklama smartfonlar kabi, FlexPai displeyi ustiga ham plastik qoplangan bo‘lib, u juda tirnaladi. Lekin ekran ustiga bosilganida uncha-munchaga bardosh berar ekan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: Xiaomi’ning eng qimmat flagmanini bukib, tirnab, yondirib sinab ko‘rishdi!

Royole FlexPai ekrani yoqib ko‘rilganida ham ko‘pga chidamadi, ammo bu holatda shikastlanish oddiy OLED-panellardagidan ko‘ra boshqacharoq tus oldi. Buklab ko‘rish sinoviga kelsak, smartfonni noto‘g‘ri tomonga buklaganda ham displeyi lat yegani yo‘q, ammo buklama mexanizmi ishdan chiqdi.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling:

Guvohi bo‘layotganingizdek, oxir-oqibatda Royole FlexPai displeyi ishdan chiqdi.

O‘QING: VIDEO: «qurilmalarni qiynovchi» JerryRigEverything yilning eng mustahkam smartfonini e’lon qildi