VIDEO: Eng tezkor «Temir odam» yangi rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  824
  •  27.05.2021 08:57

VIDEO: Eng tezkor «Temir odam» yangi rekord o‘rnatdi

Ginnesning rekordlar kitobi vakillari reaktiv kostyumga ega britaniyalik kaskadyor Richard Brauning va professional yengil atletikachilarni o‘zaro bellashtirib, ularning qaysi bir tezkor harakatlanishini aniqlashga qaror qildi. Buning uchun ular 100 metrli oddiy hamda 400 metrli to‘siqli yugurish yo‘lagida harakatlangan, deb xabar beradi Daryo.

O‘QING: Video: «Haqiqiy temir odam» ming ot kuchiga ega Daedalus Mark 1 reaktiv kostyumida uchib ko‘rsatdi

100 metrlik bellashuvda «Temir odam» Yer yuzidagi eng tezkor sportchi Useyn Boltning rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan. Reaktiv kostyum yordamida u belgilangan masofani 7,69 soniyada bosib o‘tgan, sportchining amaldagi rekordi esa 9,58 soniyaga teng.

Richard 400 metrlik masofani bosib o‘tishga 42,06 soniya sarflagan — bu 1992 yili Barselonadagi Olimpiada o‘yinlarida yengil atlet Kevin Yang o‘rnatgan rekorddan (46,78 soniya) tezroq.

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

Bir qarashda reaktiv dvigatelli inson va qo‘shimcha anjomlarsiz bo‘lgan sportchi o‘rtasidagi bellashuv haqqoniy emasdek ko‘rinishi mumkin. Ammo reaktiv kiyimda ko‘plab cheklovlar bor — u sekin tezlanish oladi, manyovrchanligi kam va kichik masofani bosib o‘ta oladi.

Avvalroq Richard Brauning reaktiv kostyumda Britaniya qirg‘oq xavfsizligi kemasiga qo‘ngani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kostyum to‘rtta reaktiv dvigateldan iborat bo‘lib, uchuvchining qo‘l qismiga qotiriladi, yana bitta dvigatel uning orqasida joylashadi. Hozirda bu kabi kostyum narxi 400 ming dollardan qimmatroq bo‘lgani sabab kompaniya uni o‘zini «Temir odam»dek his qilishni istagan insonlarga ijaraga bermoqda.

2020 yilda Gravity Industries Shimoliy Angliya Sanitar aviatsiya xizmati bilan birgalikda sinovlar o‘tkazgan edi. Qutqaruvchilar tog‘dagi jabrlanuvchining oldiga yetib borishi kerak bo‘lgan. Sinov tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, reaktiv kostyum yo‘lni 25 daqiqadan 1,5 daqiqagacha qisqartirish imkonini bergan.

O‘QING: Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (5-qism)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!