VIDEO: Eron armiyasi o‘z jangovar robotlari bilan maqtanmoqda

  •   DiMaX
  •  1960
  •  10.10.2019 13:26

VIDEO: Eron armiyasi o‘z jangovar robotlari bilan maqtanmoqda

Robototexnika rivojlanib, qo‘llanish sohalari kengaymoqda, ammo harbiy yo‘nalishda yangicha qurilmalarning ahamiyati katta. Hatto mutaxassislar jangovar robotlarning taraqqiyotidan xavfsiray boshlashgan.

O‘QING: AQSh armiyasida ishlagan muhandis «mashinalar qo‘zg‘oloni»dan xavotirda

Eron Islom Respublikasining armiyasi o‘zining rasmiy Twitter-akkauntida e’lon qilingan lavha ham mutaxassislarning xavotiri bejiz emasligidan darak beradi. Unda yangicha, g‘ayrioddiy qurollarning sinov jarayonlaridan olingan video va suratlar namoyish etilgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, olti g‘ildirakli jangovar robot-mashinalar katta tezlikda, keskin burilishlar bilan harakatlana oladi. Ustiga o‘rnatilgan Kalashnikov avtomatidan nishonga o‘t ochadi, tankning ostiga kirib portlatib yuboradi. Shuningdek, lavhada jangovar dronlarga ham ko‘zimiz tushadi.

O‘QING: DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?

Shu o‘rinda aytib o‘tish o‘rinliki, Eron o‘zining yadro dasturi ustidagi ishlari sababli ko‘pgina mamlakatlar (xususan, AQSh va uning ittifoqchilari) tomonidan sanksiyaga uchragan. Shunga qaramasdan, mazkur respublika qurollanishni jadal tarzda davom ettirmoqda.

Eron Islom Respublikasining yuqoridagi lavhada ko‘rsatilgan roboti Heidar-1 deb nomlanishi aytilgan. Biroq uning texnik xususiyatlari va jangovar imkoniyatlari oshkor etilmayotir. Eronning yangicha harbiy robotlari razvedka qurilmalari sifatida ham qo‘llanilishi mumkin, deya xavotir bildirishmoqda mutaxassislar.

O‘QING: Uch buyuk derjava – Rossiya, AQSh va Xitoy harbiy qudratini raqamlarda batafsil solishtirib ko‘rsatishdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!