VIDEO: Galaxy Note 20’larning bulturgi flagmandan ham qolishuvchi jihatini Samsung sir tutgan ekan!

  •   DiMaX
  •  1527
  •  11.08.2020 09:36

VIDEO: Galaxy Note 20’larning bulturgi flagmandan ham qolishuvchi jihatini Samsung sir tutgan ekan!

Samsung kompaniyasi yaqinda Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra smartfonlarini namoyish qildi. Lekin taqdimotda u mazkur fabletlarning bir jihatiga oydinlik kiritmay ketganligi bejiz emas ekan...

O‘QING: Eng kuchli flagmanlar bilan tanishamiz! (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyul)

Yangi flagmanlarni o‘z qo‘llariga olib, ishlatib ko‘rgan sinovchilar Samsung sir tutgan o‘sha xususiyatga aniqlik kiritishdi. Gap shundaki, na standart Galaxy Note 20 modeli, na uning Ultra-versiyasiga 45 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy etilmagan ekan! Ularning ikkalasi ham «atigi» 25 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor zaryadlana oladi, xolos.

Bu juda g‘alati, chunki 45 vattlik quvvatlashni kompaniya nafaqat o‘zining Galaxy S20 Ultra, balki o‘tgan yilgi Galaxy Note 10+ modelida ham qo‘llagan edi-da!

Lekin Galaxy Note 20 hamda Note 20 Ultra egalarining aksariyati baribir bu fabletlarning quvvatlanish tezligi bo‘yicha Galaxy S20 Ultra yoki Galaxy Note 10 Plus modellaridan farqini sezishmaydi. Gap shundaki, oldingi ushbu smartfonlar 45 vattlik tezkor zaryadlana olsa-da, ularning qadog‘idagi jamlanmasida faqat 25 vattlik quvvatlagich bor. Ularning 45 vattlik tezkor quvvtlanishi uchun esa tegishli zaryadnikni alohida xarid qilish kerak – hamma ham bunday qilavermaydi.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!