VIDEO: Hali keyingi yil chiqadigan PlayStation 5’ni batafsil tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1250
  •  11.10.2019 17:10

VIDEO: Hali keyingi yil chiqadigan PlayStation 5’ni batafsil tomosha qiling!

Sony kompaniyasi navbatdagi – PlayStation 5 o‘yin pristavkasini e’lon qilganidan beri uning ko‘rinishi va xususiyatlari haqida ma’lumotlar asta-sekin tarqalmoqda. LetsGoDigital resursi uning kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan render videosini e’lon qildi.

O‘QING: PlayStation 4 savdosi 100 milliondan oshib, hali taqdim etilmagan PlayStation 5 ham sotuvga chiqdi!

PlayStation 5 konsolining rasmiy taqdimoti kelasi yilning fevralida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, ammo Sony bu mahsulotini savdoga 2020 yilning oxirlaridagina chiqarmoqchi. Yana bir versiyaga ko‘ra, Yaponiya hamda AQShdagi xaridorlar uni 2020 yilning noyabri so‘ngida sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur lavha LetsGoDigital resursining o‘zi tomonidan avval e’lon qilingan render suratlari asosida ishlangan. Mana, birga ko‘ramiz:

Xabarlarga ko‘ra, PlayStation 5 narxi anchagina baland, ya’ni 500–550 yevro bo‘ladi. Maazkur pristavkaning to‘rtinchi avlod vakillarini esa 2 870 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Sony’ning saxiyligi tutdi: PS4 o‘yinlari endi barcha smartfonlarda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!