VIDEO: Ilon Maskning fazoviy kemasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

  •   DiMaX
  •  502
  •  06.05.2021 17:46

VIDEO: Ilon Maskning fazoviy kemasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

SpaceX kompaniyasini Ilon Mask koinotni o‘zlashtirish va boshqa maqsadlarda tashkil etgan. Uning ko‘p martalik parvozlarga mo‘ljallangan fazoviy kemasi – Starship prototipi, nihoyat, 5 may kungi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

O‘QING: Video: SpaceX butun sayyoraga internet ulashish uchun yana 60 ta sun’iy yo‘ldosh uchirdi

Bu haqda kompaniyaning YouTube-kanalida xabar berildi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

Starship’ning ushbu prototipiga «SN15» ishchi nomi berilgandi. Kema 10 kilometr balandlikka uchib, deyarli 6 daqiqalik parvozdan so‘ng qaytib kelib, yumshoq qo‘nishni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldingi urinishlarning barchasi omadsiz tugagan edi. Ilon Mask yaqinda bir intervyusida, Marsga uchadigan ilk fazogirlarning mash’um taqdirini prognoz qilgan. Uning o‘zi esa...

O‘QING: «Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!