VIDEO: iOS 14’ning eng zo‘r funksiyasi va uni qo‘llovchi iPhone’lar ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  2141
  •  29.06.2020 11:43

VIDEO: iOS 14’ning eng zo‘r funksiyasi va uni qo‘llovchi iPhone’lar ro‘yxati

Yaqinda taqdim etilgan yangi – iOS 14 operatsion tizim talqinigacha yangilanadigan ayfonlar ro‘yxatini allaqachon e’lon qilganmiz. Lekin undagi ajoyib imkoniyatlar barcha ayfonlarda ham ishlayvermas ekan.

O‘QING: «Jonli» test videosi: iPhone avtonomligi va tezkorligiga iOS 14 qanchalik ta’sir ko‘rsatgan?

 iOS 14 tizimida joriy etilgan shunday funksiyalardan biri – iPhone orqa paneliga ketma-ket ikki marta chertish orqali turli amallarning bajarilishidir.

Buni quyidagi videoda «jonli» tarzda tomosha qilamiz:

Aytish kerakki, ayfon orqasiga ikkita chertishga aynan qaysi harakatni belgilab qo‘yish – o‘z ixtiyoringizda. Mazkur yangi funksiya iPhone’ning universal sozlamalari orqali faollashtiriladi va o‘sha yerda sozlanadi.

O‘QING: Narkobaronning akasi Apple’ni sudga berib, o‘zi atigi 499 dollardan tilla iPhone 11 Pro sotyapti!

Afsuski, orqa panelga ikkita chertish bilan biror amalning bajarilishi barcha ayfon modellarida ham ishlamaydi. Apple uni faqat «Teginish orqali uyg‘onish» funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlarigagina qo‘shgan. Bular esa quyidagilardir:

  1. iPhone 11
  2. iPhone 11 Pro
  3. iPhone 11 Pro Max
  4. iPhone XR
  5. iPhone XS
  6. iPhone XS Max
  7. iPhone XR
  8. iPhone X

Agar ushbu ro‘yxatga kirgan biror modeldagi ayfon ishlatayotgan bo‘lsangiz, mana bu maqolamizdagi havola va yo‘riqnoma orqali unga iOS 14 o‘rnatishingiz va yuqoridagi funksiyani sinab ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: Apple’cha xasislik: iPhone qutisidan u nafaqat quloqchin, balki eng kerakli yana bir aksessuarni ham olib tashlayapti!