Video: Microsoft o‘zining ilk Android-smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  920
  •  14.02.2020 11:45

Video: Microsoft o‘zining ilk Android-smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Microsoft korporatsiyasi o‘zining mobil operatsion tizimidan voz kechgach, ilovalar ishlab chiqishga asosiy e’tiborni qaratgan edi. Nihoyat, u o‘zining Android tizimli birinchi smartfonini tayyorladi.

O‘QING: Qanday qilib Microsoft’dan 20 000 dollar undirish mumkin?

Microsoft Surface Duo deb nomlanuvchi ushbu qurilma ikkita ekranga ega bo‘lib, modifikatsiyalangan Android tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning ekranlarida bir vaqtning o‘zida ikkita turli ilovadan foydalanish yoki bitta dasturning o‘zini ikkita ekranga yoyib chiqarish mumkin. Namuna tarzida Google Maps xaritasini ochib ko‘rsatishgan: uni oldin bitta displeyda ishlatib, keyin ikkitasiga yoyishgan.

Ekranlarning romlari tufayli, Surface Duo bitta ilovani ikkita displeyda aks ettirganida tasvir o‘rtadan ajralib qoladi. Shu sababli bu rejimda, masalan, film tomosha qilib bo‘lmaydi. Lekin rolikni bir ekranda qo‘yib, ikkinchisida boshqa ishlarni qilishga bu qurilma juda qulay.

Surface Duo ikkita 5,6 dyuymlik displeyga ega, ular xuddi noutbuk kabi bir-birining yuziga yopiladi. Ochilgan holatida esa gadjet diagonali 8,3 dyuymlik ekranli planshetga aylanadi, faqat o‘rtada rom ularni ajratib turadi. Bu – Microsoft korporatsiyasi 2016 yili Nokia mobil biznesini sotib olganidan buyon chiqargan birinchi Android-smartfondir.

O‘QING: Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!