Video: Olimlar 300 million yillik jonivorni «tiriltirishdi»!

  •   DiMaX
  •  2103
  •  21.01.2019 13:12

Video: Olimlar 300 million yillik jonivorni «tiriltirishdi»!

Zamonaviy texnologiyalar, xususan robototexnika turli fan sohalarida yangi yutuqlarga erishishda qo‘l kelmoqda. Xususan, tarixshunoslik, arxeologiya, biologiya kabi sohalardagi tajribalar bunga yaqqol misoldir.

O‘QING: Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Yaqinda biolog-evolyusionist Jon Nyakatura (John Nyakatura) hamda robototexnika bo‘yicha mutaxassi Kamilo Melo (Kamilo Melo) bundan 300 million yil avval qirilib ketgan sudralib yuruvchining robotini yaratishdi.

Orabates pabsti deb nomlanuvchi ushbu jonivorning skeleti 3D-printerda chop etib terilgan va robotlashtirilgan mexanizm bilan birlashtirilgan. Hosil bo‘lgan robotga OroBOT deb nom berishgan. Qirilib ketgan sudralib yuruvchining saqlanib qolgan izlariga qarab, bu robotga xuddi originalidek yurishni o‘rgatishgan.

O‘QING: Sirli jonivor surati internet ahlini hayratga soldi – uni hatto Google ham tanimadi!

Mana, OroBOT haqidagi lavhani tomosha qilamiz:

Shu tariqa, zamonaviy texnologiyalar yordamida robotlashtirilgan skeletlarning yaratilishi qirilib ketgan jonivorlarni yanada puxta o‘rganishga xizmat qiladi.

O‘QING: Robot lox-ness maxluqi mavjud emasligini isbotladi