VIDEO: Rossiya o‘z harbiy robotlarini Suriyada ishlatib ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  5814
  •  20.01.2020 11:49

VIDEO: Rossiya o‘z harbiy robotlarini Suriyada ishlatib ko‘rsatdi

Yuksak texnologiyalar yutuqlaridan eng samarali foydalanishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan biri – harbiy sohadir. Masalan, avvalroq saytimizda Eron armiyasi o‘z jangovar robotlari bilan maqtangan videosi e’lon qilingan edi.

O‘QING: AQSh armiyasida ishlagan muhandis «mashinalar qo‘zg‘oloni»dan xavotirda

Rossiyaning «Zvezda» telekanali chiqargan videoda esa, Rossiya harbiylari «Skarabey» hamda «Sfera» robototexnik majmualarini ishlatish jarayonlari aks etgan. Turli hududlarni minalardan tozalashga mo‘ljallangan mazkur qurilmalar aynan Suriyada ishlatib ko‘rilgan.

Aytish kerakki, «Skarabey» – g‘ildirakka o‘rnatilgan kichik platforma bo‘lib, yuqori aniqlikdagi kamera, mikrofon va teplovizor bilan jihozlangan. Mazkur robot inson kirib borishi qiyin va xavfli bo‘lgan hududlarda ma’lumot to‘play oladi. Uni pult yordamida boshqarishadi, devaysning kuzatuv masofasi hamda axborot uzatish uzoqligi 250 metrga yetadi. «Skarabey» ishlash vaqti esa 120 daqiqadan kam emas.

«Sfera» esa to‘rtta videokamera, mikrofon hamda peredatchik bilan ta’minlangan shar shaklidagi robotdir. Akkumulyatorining bitta to‘la quvvati bilan u biror hududni 60 daqiqa mobaynida kuzata oladi. Kamerasi chirog‘i yoqilmagan holda bu robot 50 metrdan uzoq masofalarga ko‘z-quloq bo‘lib turadi. Vaziyatni masofadan turib kuzatish uchun bunday qurilmani quduqlarga tushirish, derazadan tashlash mumkin.

O‘QING: Putinga harbiy robotlarning «otjimaniye» qilishi va boshida turishini ko‘rsatishdi (+«jonli» video)

«Skarabey» ham, «Sfera» ham Rossiya muhandislik qo‘shinlari arsenalida 2018 yildan buyon qo‘llanib kelmoqda. Quyidagi videoda har ikkalasining ishlashi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, asosiy e’tibor birinchisiga qaratilgan:

Eslatib o‘tamiz, Terabayt.uz saytida ham robotlar bilan bog‘liq turli xabarlar e’lon qilingan: Saudiya fuqaroligini olgan robot endi oila qurishni istagan, u singilli bo‘lgan va odamlarni yo‘q qilishini aytgan; shu mamlakatda robotni rasman davlat ishiga tayinlashgan, «sevish uchun» maxsus robot yaratilgan, «Terminator-2» filmidagi afsonaviy T-1000 kabi suyuq robot ishlab chiqilgan. Dubayda robot-politsiyachi ish boshlaydi, Yaponiyada esa tarjimon robot talabalarga dars beradi, Rossiyada bankda robot-kollektor ish boshlagan, Oksford universitetida esa robot murakkab ko‘z jarrohligi amaliyotini o‘tkazgan...

Shuningdek, robotlar isyoni ham reallikka yaqin: robot-askarning haqiqiy isyonini «jonli» videoda ko‘rsatishgan, Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirgan», insoniyatga ilk bor tanishtirilgan kunidan roppa-rosa 58 yil o‘tib, robot birinchi marta qotillikka qo‘l urgan. Ilon Mask jangchi-robotlarni taqiqlashni, undan avvalroq esa insoniyatni kiborgga aylantirishni taklif etgan, lekin o‘zi odamsimon jangovar robot taqdim etmoqchi.

O‘QING: Uch buyuk derjava – Rossiya, AQSh va Xitoy harbiy qudratini raqamlarda batafsil solishtirib ko‘rsatishdi