VIDEO: Smartfon quvvati tez tugayaptimi? «Hayotning zulmat tarafiga o‘ting!»

  •   DiMaX
  •  2129
  •  22.10.2019 11:02

VIDEO: Smartfon quvvati tez tugayaptimi? «Hayotning zulmat tarafiga o‘ting!»

Keyingi yillarda ommalashayotgan trend – to‘qrang interfeys, ya’ni «tungi rejim» kupertinolik korporatsiyaning yangi smartfonlarida tizim doirasida yo‘lga qo‘yilgan. Umuman, iOS 13 operatsion tizimigacha yangilangan boshqa ayfonlar egalari ham undan bahra olishlari mumkin.

O‘QING: iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

Tungi rejimning afzalliklaridan biri – OLED-displeyli qurilmalarda batareya quvvatini tejashidir. Lekin ushbu tejamkorlik qay darajada – shuni hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

PhoneBuff nikli YouTube-bloger buni amalda sinab ko‘rishga qaror qildi. Test uchun iPhone XS Max modeli tanlangan, biroq uning natijalari OLED-displeyli har qanday smarfton uchun umumiydir. Eksperiment xolis bo‘lishi uchun har ikkala holatda ham ekran yorqinligi bir xil – 200 nit darajasida qo‘yilgan. Bittasida to‘qrang, ikkinchisida oddiy rejim qo‘llanganidan tashqari, smartfonlarning sozlamalari aynan bir xil.

Mana, o‘zingiz guvohi bo‘ling:

Oddiy – yorqin rejimdagi iPhone XS Max batareyasining quvvati 7 soatu 33 daqiqaga yetdi. Bu paytda tungi rejimdagi ayfonning akkumulyatorida esa hali 30 foizi quvvat qolgan edi! Demak, to‘qrang interfeys qo‘llanganida quvvat tejamkorligi shunchaga oshar ekan!

Lekin bir jihatini ta’kidlash kerak: test uchun faqat to‘qrang rejimni qo‘llab-quvvatlovchi ilovalargina ishlatilgan. Sizning telefoningizda tungi rejimni qo‘llaganda batareya tejamkorligi qay darajada bo‘lishi esa siz eng ko‘p ishlatadigan ilovalarda to‘qrang interfeys rejim bor-yo‘qligiga bog‘liq.

Shunga qaramasdan, «hayotning zulmat tarafiga o‘tib», 15-20 foiz quvvatni tejash baribir zarar qilmaydi.

O‘QING: RASMAN: 3 noyabrda ayrim iPhone va iPad’larda sana, GPS va Wi-Fi orqali yangilanish buziladi, hoziroq buning oldini oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!