VIDEO: Spot roboti odamdan yaxshi raqsga tusha oladi!

  •   DiMaX
  •  608
  •  16.10.2018 16:54

VIDEO: Spot roboti odamdan yaxshi raqsga tusha oladi!

Bundan bir necha kun avval Boston Dynamics kompaniyasi odamsimon Atlas robotining ajoyib harakatlari aks ettirilgan videolavhani taqdim etgan edi. Endi ushbu robotsoz o‘zining navbatdagi ishlanmasi nimaga qodirligini yana bitta videorolik orqali namoyon qildi.

O‘QING: VIDEO: Atlas robotining aql bovar qilmas tryuklarini tomosha qiling!

Robotsozlik ancha rivojlanib, bu qurilmalarning mehnatidan ham foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, robotlar maktabda muallimlik, bankda kollektorlik qilishayotgani, uy ta’mirlashi, okeandan suzib o‘tgani, baliqlarni ergashtirgani va boshqalar haqida yozganmiz.

Boston Dynamics’ning Spot rusumli roboti esa Uptown Funk qo‘shig‘i sadolari ostida to‘laqonli raqs tushyapti. Raqs ushbu robotning harakatchanligini hamda uning yaratuvchisida yumor hissi kuchli ekanini namoyish qilgan.

Mana, o‘zingiz guvohi bo‘lishingiz mumkin:

Aytish kerakki, ushbu Spot robotining yaxshilangan modeli – SpotMini rusumli robot keyingi yil sotuvga chiqariladi.

O‘QING: Robotlar odam emas: ular shuni yodda saqlashga majbur