VIDEO: Tesla’ning Shanxaydagi tadbirida Ilon Mask nega raqsga tushdi?

  •   DiMaX
  •  872
  •  07.01.2020 18:21

VIDEO: Tesla’ning Shanxaydagi tadbirida Ilon Mask nega raqsga tushdi?

Tesla kompaniyasi o‘zining elektromobillari bilan qanchalik mashhur bo‘lsa, uning rahbari Ilon (Elon) Mask ham o‘zining antiqa g‘oyalari va qiliqlari bilan shunchalik dong taratgan. U fazoviy sayyohlik va Marsni egallashni rejalashtirgan. Nafaqat bular, balki u butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni ham niyat qilgan.

O‘QING: CES 2020: Sony kutilmaganda Tesla’ning «panjasiga panja urdi»! (+video)

Bugun – 2020 yilning 7 yanvar kuni Shanxay shahrida Tesla kompaniyasining yangi zavodi ochildi. Unda ishtirok etgan Ilon Mask xursandligidan raqsga tushib ketdi.

Tvitterdagi o‘z profilida bu videoni ulashgan tadbirkor unga yozgan izohida «NSFW» birikmasini qo‘llagan. Buning kengaytmasi esa «Not Safe For Work», ya’ni «ishda ko‘rish xavfsiz emas» bo‘ladi.

O‘QING: Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

QuickTake by Bloomberg sahifasi e’lon qilgan videolavhada esa Ilon Maskning raqsini batafsilroq tomosha qilish mumkin:

Aytish kerakki, Shanxaydagi zavodida bu kompaniya o‘zining Model Y elektrokarlarini ishlab chiqarmoqchi.

O‘QING: Elon Maskning muvaffaqiyat tamoyillari: Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 6 saboq

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.