Videokartalar bozori o‘sishda davom etmoqda

Videokartalar bozori o‘sishda davom etmoqda

Jon Peddie Research  kompaniyasi tadqiqotchilari videokartalar bozoriga tegishli  hisobotni e’lon qildilar. Unga ko‘ra joriy yilda jahon videokarta bozoridan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan savdolar 9,2 foizga oshgan. Shu yilning uchinchi choragida esa ikkinchi chorakka qaraganda bozordagi o‘sish 38,2 foizni tashkil qildi.

Ishlab chiqaruvchilar orasida Nvidia kompaniyasi barqaror o‘sish sur’atlarini qayd qilmoqda. Uning o‘tgan chorakdagi jahon videokarta bozoridagi ulushi 70,9 %ga yetgan (ikkinchi chorakda 70%). AMD firmasining ko‘rsatkichlari esa, aksincha, 29,9 foizdan 29,1 foizgacha tushib ketgan. Avvalgi yilning shu davrida AMD‘ning bozordagi ulushi 18,8% edi, (Nvidia – 81,8%).

489441

JPR analitiklari ushbu materialni tayyorlashda faqat alohida kartalarni hisobga olishgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.