Videolar va GIF’larda orqa fonni oson va bepul olib tashlaymiz!

  •   DiMaX
  •  3868
  •  09.03.2020 12:44

Videolar va GIF’larda orqa fonni oson va bepul olib tashlaymiz!

Esingizda bo‘lsa, fotosuratlarda orqa fonni olib tashlash uchun ochilgan Remove.bg onlayn servisi haqida yozgandik. Endi esa uning dasturchilari videolardan orqa fonni yo‘qotuvchi yangi saytni ham ishga tushirishdi.

O‘QING: Photoshop ham kerak emas: Remove.bg – orqa fonni bir necha soniyada tozalovchi bepul servis!

Ushbu servis Unscreen nomini olgan bo‘lib, videofayllardan tashqari GIF-animatsiyalar ustida ham ishlay oladi. Uning asosiy vazifasi – avtomatik tarzda kishilarni fondan ajratib olish bo‘lib, yakunida olingan videoda ularni boshqa video bilan, animatsiya yoki istalgan rasm bilan almashtirish mumkin bo‘ladi.

Unscreen servisiga bag‘ishlab tayyorlangan quyidagi lavha so‘ngida ta’kidlanishicha, endi kino va kliplar uchun «yashil fon»ning keragi bo‘lmaydi:

Fonni ajratish uchun Unscreen saytidagi maxsus sahifaga o‘tib, «Upload Clip» tugmachasini bosgan holda video yoki GIF-rasmni yuklash kerak bo‘ladi. Mazkur servis quyidagi formatlar bilan ishlay oladi: mp4, webm, ogg va gif. Tayyor bo‘lgan natijani bepul ko‘chirib olish mumkin, faqat yakuniy videoga Unscreen «suvli belgi»si tushirilgan bo‘ladi.

Unscreen servisi keyinchalik pulli obunani ham yo‘lga qo‘ymoqchi; bunda istalgan uzunlikdagi rolikni yuklash va qayta ishlash, tayyor bo‘lgan videolavhani Full HD formatida ko‘chirib olish, undan «suvli belgi»ni olib tashlash mumkin bo‘ladi. Obuna narxi hozircha ma’lum qilinmayapti, lekin uning hozirgidek bepul xizmatidan foydalanish mumkin.

O‘QING: Xuddi «Simona» filmidagidek: «sun’iy ong» bir necha kishining suratidan «yangi odam yasash»ni o‘rgandi! (video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!