«Videolaringni TikTok’da tarqataman!» – Samarqandda tovlamachi qo‘lga olindi

  •   DiMaX
  •  555
  •  30.01.2021 11:43

«Videolaringni TikTok’da tarqataman!» – Samarqandda tovlamachi qo‘lga olindi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sayin, ular bilan bog‘liq turlicha – firibgarlik, tovlamachilik kabi jinoyatlar ham ko‘paymoqda. Shulardan biri haqida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.

O‘QING: TikTok’da bolalarni o‘zini o‘ldirishga undagan bloger fosh etildi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A. ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, 2021 yil 26 yanvar kuni telefon raqamiga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini samarqandlik «Fedya» deb tanishtirgan. U tanishi B. o‘rtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va video tasvirlarni internetga, aniqrog‘i – TikTok tarmog‘iga chiqarib yuborishini aytib qo‘rqitgan. Bunday qilmaslik evaziga u arizachidan 1 million so‘m berishni talab qilib kelayotgan ekan.

27 yanvar kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Toyloq tumani Jumabozor qishlog‘ida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan B.F. va 1992 yilda tug‘ilgan F.B.lar fuqaro A.ga tegishli bo‘lgan SIM-kartani 1 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘QING: Ma’lumotlarimizni internetdan o‘chirib tashlash uchun 5 qadam

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!