Videolarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, korxona rahbarlaridan 30 ming dollar talab qilgan ishchilar ushlandi

  •   DiMaX
  •  285
  •  08.02.2021 12:04

Videolarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, korxona rahbarlaridan 30 ming dollar talab qilgan ishchilar ushlandi

Buxoro viloyatida korxona rahbarlarini qo‘rqitib, 30 000 AQSh dollari talab qilgan ishchilar qo‘lga olindi. Bu haqda Darakchi.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: «Videolaringni TikTok’da tarqataman!» – Samarqandda tovlamachi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchilar ushlangan. Xabarda keltirilishicha, «K.» AJ ishchilari Sh.Sh., B.A. va O.X.lar oldindan til biriktirishgan. Ular jamiyat direktori va bosh hisobchisini go‘yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilib, noqonuniy hatti-harakatlar sodir etganligi aks etgan video yozuvlarni internet tarmoqlarida tarqatish va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qo‘rqitishgan.

Xodimlar ushbu harakatlarini amalga oshirmaslik evaziga ulardan tovlamachilik yo‘li bilan 30 000 AQSh dollari talab qilishib, kimyoviy ishlov berilgan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh., B.A. va O.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘QING: Layk uchun ichki ishlar xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit qamaldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!