Videolarni yuqori sifatda ko'rish uchun YouTube'ga pul to'lashga tayyor turing

Videolarni yuqori sifatda ko'rish uchun YouTube'ga pul to'lashga tayyor turing

YouTube video-striming platformasi ham o'zining Premium obunasiga ega. U videolarni reklamalarsiz ko'rish, ularni orqa fonda qo'yish, yuklab olish kabi eksklyuziv xususiyatlarni taqdim qiladi va tez orada ularning ro'yxati yana bittaga ko'payishi mumkin: Reddit foydalanuvchisi YouTube videolarni 4K sifatda ko'rishni Premium qilishni sinovdan o'tkazayotganini payqab qoldi va o'zining sahifasida uning skrinshotini ulashdi.

Suratdan ko'rish mumkinki, video sifatini sozlash bo'limida 2160p sifati "Premium" etib belgilangan. Agar Google buni kelajakda amalda qo'llaydigan bo'lsa, oddiy foydalanuvchilar videolarni maksimal 1440p sifatda bepul ko'rishlari mumkin bo'lib qoladi.

Qizig'i shundaki, garchi siz YouTube Premium uchun pul to'lashga tayyor bo'lsangiz ham, O'zbekistonda buning iloji yo'q, chunki YouTube pullik obunasi mamlakatimiz hududida mavjud emas.

O'QING: Telegram Premium narxi yarmidan ko‘proqqa arzonladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!