Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?

Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?

Yaqinda Android'da video montaj uchun 10 ilova haqida yozgan edik. Bu gal ham videolar tayyorlashda qo‘l keladigan manbalardan biri —FlexClip haqida ma’lumot bermoqchimiz.

FlexClip turli maqsadlardagi videolar tayyorlash uchun mo‘ljallangan yangi sayt bo‘lib, unda kuchli tahrirlash uskunalaridan foydalanib, videolar yaratish mumkin. Bunda, tayyor andaza (shablon) lardan foydalaniladi. Saytning quyidagi afzalliklari ayniqsa e’tiborga molik:

•Foydalanishga oson va tekin;
•Yuqori sifatli rasm, video lavha va musiqalardan birini tanlash imkoniyati mavjud;
•Tayyor shablonlardan foydalanib, video qirqish, matn va musiqa qo‘shish, ekranni yozib olish kabi funksiyalar bilan istalgan foydalanuvchi bir necha daqiqada kerakli videoni yarata oladi;
•Tayyor bo‘lgan videoni turli rezolyusiyalarda, jumladan, 1080p, 720p va 480p'da saqlab olish mumkin.

Saytda quyidagi mavzularda shablonlar mavjud: biznes, slayd-shou, tug‘ilgan kun tabrigi, onalar kuni tabrigi, Facebook uchun reklama, Twitter uchun reklama, ta’lim va treyning, korporativ, restoran va oziq-ovqat, sport va fitness, jonzotlar va uy hayvonlari, sayohat, tabiat, avtomobil, koronavirus, promo va savdolar, sayohat va tadbirlar, to‘y marosimi, YouTube, Instagram, YouTube uchun reklama, Instagram uchun reklama, Instagram hikoya, ko‘chmas mulk, mahorat darslari, moda va go‘zallik, san’at va madaniyat, oila, kundalik turmush, texnologiya, otalar kuni tabrigi.

FlexClip.com saytiga hoziroq kirib, o‘zingizga kerakli bo‘lgan videoni BEPUL tayyorlang. Eng asosiysi, video yaratish uchun qurilmangizga maxsus ilova yuklash shart emas. Hammasi saytning o‘zidan amalga oshiriladi.

E’tibor bering, video tayyorlash o‘ta murakkab jarayon bo‘lgani bois saytga smartfon bilan kirilganda xizmatlardan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, ushbu saytdan kompyuter orqali foydalanishni maslahat beramiz.

O‘QING: Telegram’da o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!