Videoo‘yinlar miyani rivojlantirar ekan – olimlar buni Dota 2 misolida isbotlashdi!

  •   DiMaX
  •  1263
  •  26.12.2018 13:42

Videoo‘yinlar miyani rivojlantirar ekan – olimlar buni Dota 2 misolida isbotlashdi!

Bolalarning kompyuterda, o‘yin konsollarida va mobil qurilmalarda o‘yinlar o‘ynashiga siz ham qarshimisiz? Lekin olimlarning yangi tadqiqoti o‘yinlarning foydasi ham borligini e’tirof etdi.

O‘QING: Sizning orqangizdan ham kelishadi: kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

Nufuzli ilmiy jurnal – Nature nashrida xitoylik va kanadalik olimlarning yangi maqolasi e’lon qilindi. Ular videoo‘yinlarning miyaga ta’sirini o‘rganish uchun, o‘yinlarda yaxshi natijalarga erishayotgan 27 nafar faol geymer hamda kam o‘ynovchi 30 nafar o‘yinchini o‘zaro taqqoslab ko‘rishgan. Faol o‘yinchilar guruhi League of Legends hamda Dota 2 bo‘yicha AQShning va hududiy chempionatlar ishtirokchilari edi.

Kuzatuvlar natijasida aniqlanishicha, o‘yin malakalari darajasi yuqori bo‘lgan kishilarda miyadagi kul rang modda miqdori, shuningdek, miya faolligining sifati oshib borar ekan. Boshqacha qilib aytganda, geymer qanchalik ko‘p mashq qilgan bo‘lsa, uning miyasi ham shunchalik yaxshi ishlar ekan. Kul rang modda miyaning eng muhim hududlariga yo‘nalgan bo‘lib, uning hajmi umumiy kognitiv (fikrlash bilan bog‘liq) qobiliyatlarga hamda muloqot ko‘nikmalariga ta’sir etadi.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, videoo‘yinlarga haddan ziyod berilish ham yaxshi emas, bu baribir fikrlash ko‘nikmalariga faqatgina ijobiy ta’sir etavermaydi. Bu shunchaki neyron bog‘lanishlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi faolliklardan biri, xolos.

O‘QING: Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.