Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

  •   Saroy
  •  4423
  •  30.06.2018 16:36

Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Ilmiy-ommabop romanlar, videoo‘yinlar va filmlar mualliflari o‘z asarlarida insoniyatni ko‘p bor yer yuzidan yo‘q qilib yuborishgan. Ish faqat yadro urushi bilan cheklangani yo‘q, albatta. Mualliflar yerda hayotning tugashi bilan bog‘liq ayrim nazariyalardan shu qadar ilhomlanib ketishdiki, endi ular oxirzamon haqida haqiqatan ham jiddiy o‘ylay boshlashdi.

Mashinalar odamlardan batareya yasaydi

G‘oya qayerdan? “Matritsa”  trilogiyasi

1999 yilda  kinoteatr ekranlariga «Matritsa» jangari lentasi chiqdi. Film  yurakni ezadigan kelajak haqida edi. Unda sun’iy intellekt insoniyatni  qulga aylantiradi. Kino bir zumda mashhur bo‘lib ketdi. Fantastik adib Ayzek Azimovning asarlaridagi g‘oyalardan hamda Mamori Osining  “qurol-aslahalardagi sharpalar”i dan ilhom olgan rejissyor Vachovskilar mashinalar isyonini ilmiy-fantastik jangari filmida mujassamlashtira olishdi.

«Matritsa»ni yaratuvchilarning versiyasi bo‘yicha  21 asrda  robotlar insoniyatga qarshi isyon ko‘tarishga qaror qiladi. Mashinalarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurashlardan keyin odamlar temirtanlarni elektrquvvatisiz qoldirish maqsadida sayyorani qo‘yoshdan  to‘sib qo‘yishga majbur bo‘ladi. Insonlarga qastma-qast robotlar  elektroenergiyani endi boshqacha usulda, ya’ni insonlarning o‘zidan ola boshlaydi.

Insonni batareykaga aylantirar ekan, mashinalar odamlarni adoqsiz sun’iy uyquga mubtalo qiladi, ya’ni Matritsaga aylantiradi. robotlar iskanjasidan qutilib chiqqanlar uchun  yerdagi yagona xavfsiz joy bu Seone edi, insoniyat urushlarga barham beruvchi dahoni kutayotgandi.

O‘QING: Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

«Matritsa» ko‘plab video o‘yinlar va kino-loyiha mualliflari uchun g‘oyaviy ilhomlantiruvchi manbaga aylandi. 2003 yilda  Vachovskilar samoviy fantastika seriali  «Animatritsalariga» prodyuser bo‘lishdi. Ushbu serialda mashinalarning insonlar bilan qarama-qarshiligi to‘la ochib berilgan.

Odamlar neftsiz aqldan ozishadi

G‘oya qayerdan: “Aqldan ozgan Maks” fantastika

Ryejisser Jorj Millerning fikricha, bir kun kelib neft tugaydi, o‘shanda odamlar aqldan ozadi.  «Aqldan ozgan Maks»da  kim rulda bo‘lsa, o‘sha odam yashab qoladi. Qaroqchilar izg‘ib yurgan yo‘llarda  avtomobil inson uchun chin ma’noda yagona ishonchli do‘st bo‘ladi. Kelajakda jinoyatchilik shu qadar keng tarqalganki, adolat ertakdek tuyuladi. Odamlar mashina g‘ildiragiga yangi rezina olish uchun ham bir-birini o‘ldirishga tayyor turadi. 

Agar bularning barchasi safsata, odamlar avtomobil uchungina bir-biri bilan yoqalashmaydi, deb o‘ylasangiz, unda  Jorj Miller bu borada siz bilan bahs boylashgan bo‘lardi. 1973 yilda o‘smir  Jorj o‘zining yurti Avstraliyada neft inqirozining guvohi bo‘ladi. Uning ko‘z o‘ngida avtomobilga yoqilg‘i quyish shaxobchalarida  odamlar birinchi bo‘lib yoqilg‘i olish maqsadida bir-birini kaltaklashadi. O‘shanda odamlarni na narx, na navbat, va na qonun to‘xta olardi. Aynan o‘shanda Millerning hayoliga odamlar shaxsiy transporti uchun oxirgi nafasigacha kurashishi haqida kartina yaratish g‘oyasi keladi.

O‘QING: Sun’iy ong sizga to‘laqonli hamsuhbat bo‘lmoqchi

«Aqldan ozgan Maks» kartinasi  «Ilaya kitobi», «Yo‘llar», Fallout  o‘yin serialini hatto «Sarguzashtlar vaqti» multfilmini yaratishga turtki berdi.

Yana ikki ming yildan keyin sayyoramizni maymunlar egallaydi

G‘oya qayerdan: “Maymunlar sayyorasi” fantastika

Shu nomdagi roman asosida 1968 yilda olingan   «Maymunlar sayyorasi» kartinasida insonga unchalik ham  do‘st bo‘lib ko‘rinmaydigan shimpanzelar namoyish qilingandi. Birinchi film syujeti  odamsimonlarning kelajakda oliy irqqa aylanishi haqda yuzaki hikoya qiladi. Biroq insoniyat qul qilinishining to‘liq tarixi 2011 yilda «Maymunlar sayyorasida isyon» kinosida keng bayon qilinadi.

Film syujeti bo‘yicha,  Alsgeymer kasalligiga qarshi dori-darmon  qidirish maqsadida olimlar maymunlar ustidan genetik tajriba o‘tkazadilar. Ixtiro qilingan vaksina tufayli maymunlar juda tez rivojlana boshlaydi va qafaslar ham ular uchun to‘siq bo‘lolmay qoladi. Tajriba o‘tkazilayotgan maymunlar laboratoriyalardan qochishga qaror qilishadi. Odamlargachi, odamlarga nima bo‘ladi? O‘ylab topilgan vaksina insoniyat uchun halokat keltiradi. Epidemiya Sayyoramiz aholining katta qismini nobud qiladi, natijada maymunlar son bo‘yicha ustun irqga aylanadi.

Darvin nazariyasining teskarisi fantastika ishqibozlarini shunchalik qiziqtirib qo‘ydiki, natijada qator fantastik kinolar suratga olindi.  Maymunlar sayyorasi haqida naq to‘qqizta to‘liq metrajli kino suratga olingan. Insoniyat maymunlar tomonidan qul qilinishi tarixi “Yulduzlararo jang” filmlarichalik mashhur emas, albatta. Lekin shunga yaqinlashay deyapti.

O‘QING: NVIDIA’dan superkompyuter: siz uchun emas, robotlar uchun

 «G‘azab virusi» odamlarni zombiga (manqurt)ga aylantiradi

G‘oya qayerdan:  “28 kun o‘tib”

«28 kun o‘tib» zombi-apokalipsis haqidagi birinchi kino emas, lekin aynan shu kino ilmiy nuqtai-nazardan insoniyatni yo‘q qilib yuborishni ko‘rsatib bergan. Agar klassik «Murdalar o‘yg‘onishi» kinosida bibliya mavzusi talqin etilgan bo‘lsa,  Deni Boylning shunday bo‘lib qolishiga genetik tajribalar aybdor bo‘ladi.

Filmda olimlar  pala-partish ish qiladilar va yangi  «Valium» o‘rniga «G‘azab virusini» yaratadilar. Tajriba shimpanzelar ustida olib boriladi, ular bir odamni tishlab oladi va shundan keyin epidemiya  boshlanadi. Nazoratdan chiqib ketgan virus Angliya bo‘ylab juda tez tarqaladi va mamlakat aholisining katta qismini nobud qiladi.

«G‘azab virusi» asabga ta’sir qiladi,  uni doimiy tajovuzkor qilib qo‘yadi va u atrofdagilarga nisbatan ko‘r-ko‘rana nafrat bilan qaraydigan bo‘ladi. Virusga asos qilib Ebola bezgagi olinadi, chunki u o‘xshsh simptomlarga egatananing qurib qolishi va kuchli qon ketish, jumladan ko‘zdan.  «Ebola virusi»ga o‘xshab,   «28 kun o‘tib» kinosidagi  epidemiya ham qon orqali yuqadi.

Kinoning birinchi qismi tomom bo‘lgandan keyin, uning davomi  — «28 hafta o‘tib» kartinasi ham namoyish qilindi. “G‘azab virusi” Buyukbritaniya aholisining katta qismini nobud qilgach, boshqa mamlakatlarga ham o‘tadi.

Murdalarning ko‘rinmaganiga qaramay, «28 kun o‘tib» kinosi aynan zombi-janrga katta ta’sir ko‘rsatdi. Kinodagi g‘oya mashhur  Left4Dead videoo‘yiniga ko‘chirilgan.

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

Yadroviy urushdan keyin odamlar metro bekatlarida yashay boshlaydi

G‘oya qayerdan: “Metro 2033”

2005 yilda chiqqan  Dmitriy Gluxovskiyning «Metro 2033» nomli romani butun boshli fantastik kinolarning debochasiga aylandi. Kitob yadro urushidan omon qolib, metrolarda yashayotgan odamlar haqida hikoya qiladi. 

Insoniyatning qolganlari yer ostida o‘z sivilizatsiyasini yaratadi

Bu yerda tinch aholi yashayotgan bekatlar ham bor, lekin metroning aksariyat hududlari jinoiy guruhlar tomonidan egallab olingan. Odamlar yashab qolishni — sabzavot yetishtirishni, zimiston qorong‘ilikka moslashishni va yemak topishni o‘rgandilar. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yuqoriga,  mutantlar egallab olgan hududlarga chiqishga muvaffaq bo‘lgan stalkerlar dori-darmonni qidiradi. Metrodan boshqa joylarda tirik odamlar qolmaydi. Radiatsiya ta’sirida jonzodlar va o‘simliklar mutatsiyaga uchrab, qo‘rqinchli monstrlarga aylanadi. Ular vaqti-vaqti bilan pastga odamlar yashayotgan yerto‘laga ham muralab qo‘yadi.

Yadro urushi mavzusi roman yozilishidan ham avval ko‘tarilgan edi, lekin aynan adib Gluxovskiy tirik qolganlarni mana shunday nostandart sharoitga o‘tkazadi.   «Metro 2033» romani bir necha tilga tarjima qilingan hamda Rossiya va boshqa mamlakatlarda ham o‘z o‘quvchilariga ega. Ushbu kitob g‘oyasi bo‘yicha 2010 yilda videoo‘yin yaratilgan edi. O‘yin tanqidchilar va geymerlar tomonidan yaxshi baholandi. O‘nchalik ko‘p sotilmagan bo‘lsa-da, ammo o‘zining fanatlari bor. Kelasi yili dasturchilar o‘yin seriyasining davomini tayyorlamoqchi.

O‘QING: “Simsiz”lashayotgan dunyo ulkan texno-inqilob bo‘sag‘asida

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!