VIDEOTEST: OnePlus 7 Pro samaradorligini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1856
  •  17.05.2019 14:28

VIDEOTEST: OnePlus 7 Pro samaradorligini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

OnePlus smartfonlari hamisha «flagmanlar kushandalari» sifatida e’tirof etilib keladi. OxygenOS grafik qobig‘i sababli ham ular boshqa kompaniyalarning aksariyat modellaridan tezkor ishlaydi.

O‘QING: 560 yevrodan boshlanuvchi OnePlus 7 va OnePlus 7 Pro namoyish qilindi (+video)

OnePlus 7 Pro ham ushbu an’anani davom ettirmoqda: uning ishlash samaradorligini kupertinoliklarning eng zo‘r smartfoni – iPhone XS Max bilan taqqoslab ko‘rsatishdi:

Ko‘rib turganingizdek, iPhone XS Max (sotib olish) xitoyliklarning flagmani oldida xuddiki oddiy bir eski smartfondek bo‘lib qolgan. Faqat o‘yinlar o‘ynashda kupertinoliklar mahsuloti ustun kelgan, ammo boshqa ilovalar bilan ishlashda OnePlus 7 Pro baribir oldinda.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEOTEST: 10 gigabaytlik «operativka»ning smartfon tezligiga qanday foydasi bor?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!