Vidolashuv vaqti keldi: Absolute Games o‘yinlar sayti 20 yillik faoliyatini to‘xtatmoqda

  •   Saroy
  •  578
  •  11.10.2018 13:42

Vidolashuv vaqti keldi: Absolute Games o‘yinlar sayti 20 yillik faoliyatini to‘xtatmoqda

Absolute Games bir vaqtlar o‘yin mavzusidagi eng mashhur nashrlardan biri sanalardi. Mashhurlik eng cho‘qqisiga yetganida ushbu saytga oyiga 2 million kishi kirardi, biroq hozirga kelib mazkur resurs achinarli holatga tushib qolgan. Yaqinda ma’lum bo‘ldiki, saytni yopishga qaror qilingan.

Absolute Games to‘laqonli loyiha sifatida 1998 yili paydo bo‘lgan edi. U o‘shanda o‘yinlarni sharhlaydigan, ushbu mavzudagi yangiliklari va forumdagi muhokamalari bilan haqiqiy ma’noda internet-nashr sanalardi. 

O‘QING:Yuqori texnologiya qurbonlari: robotlar, smartfonlar, videoo‘yinlar

Umuman olganda, saytni allaqachon yopilgan, deb hisoblash mumkin. Chunki oxirgi o‘yin sharhi 2015 yilda berilgan edi, keyin bir yilcha yangiliklar berib borildi. Shundan buyon u yangilanmadi, ammo forumida faollik mavjud. Hozir unda  «qariyalar» yig‘ilib olishib, sevimli sayti bilan vidolashmoqda. Shunday ekan, agar siz qachonlardir ushbu saytdagi yangiliklarni o‘qigan yoki forumda ishtirok etgan bo‘lsangiz, uni ochib sog‘inchlaringizni namoyon qilishning so‘nggi imkoniyatidan foydalanib qoling.

O‘QING:Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar