Viloyat markazida o‘tkaziladigan «Hack4Region» xakatoniga marhamat!

  •   DiMaX
  •  569
  •  17.03.2021 17:28

Viloyat markazida o‘tkaziladigan «Hack4Region» xakatoniga marhamat!

2021 yilning 27–28 mart kunlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT-Park) va Qashqadaryo oliy ta’lim muassasalari ko‘magida «Hack4Region» xakatonini o‘tkaziladi. Bu to‘g‘rida Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda internet nega qimmat? – AKT vazirligi izoh berdi

Tadbir doirasida ishtirokchilar ikki kun ichida jamiyatimizning dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan startap loyihalarni ishlab chiqarishlari va uni jamoatchilik va hakamlar hay’ati oldida taqdim etishlari kerak.

Eng istiqbolli va qiziqarli startap loyihalarning mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish 2021 yil 25 mart kuni soat 15:00da tugaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/YprzHU2XakQ4FEyg7

Manzil: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

O‘QING: Beshta hududdagi abonentlarga «Bahorgi syurpriz» bor: 2000 daqiqa, 2000 SMS va 2 GB internet!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!