Virtual olam ishqibozlari ko‘paymoqda

Virtual olam ishqibozlari ko‘paymoqda

O‘tgan yili Facebook kompaniyasi o‘z nomini Meta'ga o‘zgartirdi va dekabr oyida Horizon Worlds nomli metaolamini Amerika va Kanada uchun chiqardi.

Horizon virtual olami boshqalaridan faqat VR qurilma yordamida kirish mumkinligi bilan ajralib turadi, lekin shunga qaramay uning foydalanuvchilari 3 oyda 300 mingga ko‘payganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, kompaniyaning ma’lum qilishicha, Horizon'da shu kungacha 10,000 dan ortiq virtual dunyolar yaratilgan.

Dekabr oyida chiqarilishidan oldin Horizon Worlds yopiq beta-versiyasida edi. Roblox yoki Microsoft'ning Minecraft o‘yin platformasi kabi, Horizon odamlarga oyoqsiz avatarlarda aylanib yurish yoki o‘yin o‘ynash imkonini beradi. 

O‘QING: Internet olamiga yangicha "kreativlik" kirib kelmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!