Virtual olamga kirish real hayotdan boshlanadi

Virtual olamga kirish real hayotdan boshlanadi

Instagram va Facebook bosh kompaniyasi bo'lgan Meta o'zining, kecha, dushanba kuni o'zining real hayotdagi ilk savdo do'konini taqdim qildi. Meta Store kompaniyaning Kaliforniyadagi Burlingame shaharchasida joylashgan bo'lib, u 9-maydan boshlab o'z ish faoliyatini boshlaydi.

Dushanbadan jumagacha ishlashi aytilayotgan do'konda xaridorlar nafaqat mahsulotlarni sotib olishlari, balki, kompaniyaning Portal, Meta Quest 2 va Ray-Ban Stories kabi barcha qurilmalarini sinab ko'rishlari, VR qurilmalarda o'z tajribalarini oshirish uchun Beat Saber, GOLF+, Real VR Phishining o'yinlarini o'ynab ko'rishlari mumkin bo'ladi va bu mijozlarga kompaniyaning "metaolam" haqidagi tushuncha-qarashlarini kengaytirishda katta yordam beradi. Shuningdek, Meta o'zining meta.com veb-saytida ham Shop (do'kon) bo'limini qo'shayotganligini aytgan va bu xaridorlarga uylaridan chiqmasdan turib kompaniya mahsulotlariga buyurtma berish imkonini beradi.

"Meta Store odamlarga bizning mahsulotlarimiz kelajakdagi metaolamga kirish eshigi bo'lishini tushunishlariga yordam beradi", deydi do'kon bosh direktori Martin Gilliard.

O'QING: Ilon Mask endi o'z ijtimoiy tarmog'iga ega

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!