Virus blokatorlari foydasizmi?

  •   DiMaX
  •  1735
  •  05.09.2020 14:13

Virus blokatorlari foydasizmi?

Bugun – 5 sentyabr kuni AOKA huzuridagi shtabda brifing bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Sof.uz. Unda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva muhim murojaat va savollar yuzasidan javob qaytargan.

O‘QING: O‘zbekistonda koronavirusni yo‘qotuvchi texnologiya yaratilib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

– Virus blokatorlari qay darajada virusdan himoyalaydi?

– Virus blokatorlari bu Yaponiyada o‘ylab topilgan individual beydjlar hisoblanadi.

Ishlab chiquvchilarning tasdiqlashicha, blokatordagi xlor dioksidi kishilar atrofidagi havoni zararsizlantirib, bakteriya, virus va zamburug‘lardan tozalaydi.

Ammo bu beydjiklar odamlar atrofidagi havoni haqiqatdan ham zararsizlantirishi to‘g‘risida ilmiy tasdiqlar mavjud emas.

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!