Virus kabi tarqalayotgan bu yolg‘ondan ogoh bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  378
  •  17.05.2021 18:01

Virus kabi tarqalayotgan bu yolg‘ondan ogoh bo‘ling!

Toshkent viloyati IIBB O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yana bir yolg‘on xabardan ogoh qildi. Bu to‘g‘rida Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: «Odnoklassniki»da qiz nomidan profil ochib, qizlarni chuv tushirgan samarqandlik alfonsga hukm o‘qildi

«Hozirda internetda tarqalayotgan «Tabriklaymiz, siz yutdingiz, bir necha vaqt ajratib yutuq sohibi bo‘lasiz» kabi har xil aldovlarga uchmanglar. Bular hammasi firibgarlik, hozirda tarqalayotgan internet orqali hisobingizdan pul yechib olishning bir yo‘li», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank turli firibgarlik yo‘li bilan bank kartalaridagi pul mablag‘lari yechilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fuqarolarimizni ogohlantirgan edi. Undan ham oldin esa «Sardobada jabr ko‘rganlarga» deb Telegram orqali pul yig‘ib, Suriyaga jo‘natgan «jihodchilar» qo‘lga olingan.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!