Visa endi operatsiyalarda kriptovalyutadan foydalanishga imkon beradi

  •   DiMaX
  •  271
  •  30.03.2021 15:57

Visa endi operatsiyalarda kriptovalyutadan foydalanishga imkon beradi

Visa kompaniyasi USD Coin (USDC) steyblkoin orqali to‘lovlarni amalga oshiradigan birinchi yirik to‘lov tizimi bo‘ladi. Bu xususda UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Ilon Mask Tesla avtomobillarini bitkoinga sotish boshlanganini e’lon qildi

Kompaniya Crypto.com kripto platformasi va Anchorage kripto banki bilan birgalikda pilot loyihasi ishga tushirilishini e’lon qildi. USD Coin’ni o‘tkazish bo‘yicha birinchi bitim muvaffaqiyatli amalga oshirildi, Visa hamkorlari ushbu xizmatdan 2021 yil oxirida foydalanishlari mumkin.

Aytish kerakki, Stablecoin – bu haqiqiy valyutaga bog‘langan kriptovalyutadir. 1 USD Coin (USDC) qiymati 1 AQSh dollariga teng.

To‘lov Visa kripto-kartasi bilan amalga oshirilganda, Stablecoins avtomatik ravishda dollarga aylanadi.

O‘QING: Toshkentda naq 23,4 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.