Visa yo‘lkira to‘lovini osonlashtirdi

  •   DiMaX
  •  249
  •  08.07.2021 14:52

Visa yo‘lkira to‘lovini osonlashtirdi

Global to‘lov tizimini taklif etuvchi Visa kompaniyasi jamoat transportida kontaktsiz to‘lov tizimini ishga tushiradi. Bu to‘g‘rida UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Bu operator abonentlari endi uydan chiqmasdan VISA kartasini ochishlari mumkin!

«ATTO» MChJ va «O‘zsanoatqurilishbank» bilan birgalikda global to‘lov tizimi jamoat transportida yo‘lkiralarni kontaktsiz to‘lashni boshlaganligini e’lon qildi.

Tizimni tatbiq etishning birinchi bosqichida 1100 ta shahar avtobuslari va barcha metro stansiyalarini qamrab olish rejalashtirilgan, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Ta’kidlab o‘tamiz, avvali bunday to‘lov tizimi O‘zbekistonning ikki shahrida – Farg‘ona va Samarqandda ishga tushirilgan edi.

O‘QING: Dunyodagi 10 ta eng aqlli shahar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!