Vivo dunyodagi ilk «xameleon» smartfonning sirini ochdi («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  935
  •  04.09.2020 15:47

Vivo dunyodagi ilk «xameleon» smartfonning sirini ochdi («jonli» video)

Kechagina biz antiqa – korpusining rangi o‘zgaruvchi smartfonning «jonli» videoroligini e’lon qilgan edik. O‘sha lavhani mashhur insayder Ice Universe tarqatgan, ammo qurilma qaysi kompaniyaga tegishli ekanini aytmagan.

O‘QING: Afsonaviy Nokia 3250 esingizdami? Vivo esa shunaqa form-faktorli smartfon patentladi!

Endi esa mana shu «xameleon» smartfonning ishlab chiquvchisi ma’lum bo‘ldi. Bu – turli tajribalari bilan yetakchi kompaniyalarni ham ortda qoldirib kelayotgan Vivo ekan.

Vivo yangi videolavhasida ushbu texnologiya imkoniyatlarini ko‘rsatishdan tashqari, uning qanday ishlashi haqida ham ma’lumot berdi. Kompaniya vakilining izohicha, bunga elektroxrom shisha yordamida erishilgan: unga oynalarni qoraytirish (tonirovka) uchun ishlatiladigan usulda ishlov berishgan.

Ushbu smartfonning modelini Vivo hali sir tutmoqda; bundan tashqari, yangi rolikda ham uning bosh kamera blogi yashirib qo‘yilgan. Aftidan, bu hali tayyor bo‘lib ulgurmagan biror yangi modelning prototipi bo‘lsa kerak.

Eslatib o‘tamiz, OnePlus kompaniyasi joriy yilning boshida o‘zining OnePlus Concept One nomli konseptual smartfonida ham yuqoridagiga o‘xshash texnologiya qo‘llagan. Videosida ham ko‘rish mumkinki, uning bosh kamerasi modullari deyarli ko‘rinmas bo‘lib yashirina oladi. Bunday effektga esa uning ustidagi elektroxrom shisha orqali erishilgan – u shaffof yoki to‘qrang bo‘la oladi.

O‘QING: Eng original – aylanma ekranli LG Wing smartfonini ilk «jonli» videoda ko‘ramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!