Vivo ham allaqachon 5G-smartfon tayyorlabdi, uni ishlayotgan holatida «jonli» tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  704
  •  29.11.2018 12:27

Vivo ham allaqachon 5G-smartfon tayyorlabdi, uni ishlayotgan holatida «jonli» tomosha qiling!

Xitoydagi ushbu kompaniya hamisha yangi texnologiyalarga intilib va bu borada aksariyat yetakchilardan o‘zib ham kelayotir. Jumladan, barmoq izi skaneri displeyga integratsiya qilingan ilk smartfon ham Vivo X20 Plus bo‘lgan edi.

O‘QING: Apple va Samsung uddalay olmagan texnologiyani Vivo amalga oshirdi

Gapning qisqasi, Vivo ham 5G-poygaga qo‘shilgan bo‘lib, uning prototipini allaqachon namoyish etdi. International Symposium on ICT Technology anjumaniga ushbu kompaniya beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi smartfonning sinov variantini olib keldi.

Mana, uning ekrani yoqiq holidagi «jonli» rasmini ko‘ramiz:

Vivo vakillarining so‘zlariga qaraganda, mazkur smartfonning yakuniy varianti kelasi yili tayyor bo‘ladi. Ammo kompaniya uni bozorga taqdim etishga shoshilmaydi – 5G-smartfonni u 2020 yilga boribgina sotuvga chiqaradi. Buning sababi shundaki, hali 2019 yilda ham beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i to‘laqonli ishga tushirilmaydi va nuqsonlari ko‘p bo‘ladi. Shu bois ham bunday mobil qurilmalarning chiqarilish muddatlari uyali aloqa operatorlarining 5G tarmog‘ini ekspluatatsiyaga kiritishlariga bevosita bog‘liq.

Darvoqe, Vivo kompaniyasi 5G texnologiyalari sohasida 2016 yildan buyon izlanishlar olib borayotir. Shu orada o‘tgan vaqtda u 3GPP konsorsiumiga bir yarim mingdan oshiq texnik takliflarini yo‘llagan.

O‘QING: Niderlandiyada yuzdan ortiq qushning o‘limiga sabab bo‘lgan 5G sinovini UzMobile O‘zbekistonda ham o‘tkazdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.