Vivo «ko‘zini qimirlatuvchi» va rekordchi 5G-smartfonlar tayyorladi!

  •   DiMaX
  •  2201
  •  28.05.2020 15:59

Vivo «ko‘zini qimirlatuvchi» va rekordchi 5G-smartfonlar tayyorladi!

Xitoydagi unumdor smartfonsozlardan bo‘lmish Vivo kompaniyasi keyingi paytlarda bir nechta modellarini taqdim etgan. 1 iyunda esa Vivo X50 hamda Vivo X50 Pro namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: iQOO Z1 5G taqdim etildi: flagman protsessorli ilk smartfon – atigi 309 dollardan!

Ishlab chiqaruvchining maqtanib e’lon qilishicha Vivo X50 hozirgacha bozorga chiqqan 5G-smartfonlar orasida eng yupqasi bo‘lyapti. Mazkur devays korpusining qalinligi, hatto kamera blogini qo‘shib hisoblaganda ham bor-yo‘g‘i 7,49 millimetrni tashkil etadi.

Bundan tashqari, Vivo X50 kvadrokamerasi ham tengsiz: unda tasvirni barqarorlashtiruvchi yangi – «mikro-bulut» (micro cloud) tizimi qo‘llanmoqda. Kamerada tasvir datchigini barcha tomonlarga 3 darajagacha o‘giruvchi mexanizm joylangan. Ya’ni, xuddi jonli ko‘z soqqasiga o‘xshab, kamera turli tomonlarga (ozgina bo‘lsa-da) «qaray» oladi! Bu esa an’anaviy optik barqarorlashtirish tizimi imkoniyatlarini uch karraga oshiradi.

O‘QING: TOP-10: Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil aprel)

Standart model – Vivo X50 tekis displeyga hamda asosiy datchigi Samsung GN1 bo‘lgan kvadrokameraga ega. Yanada ilg‘or Vivo X50 Pro esa texnik jihatdan yanada takomillashgan kamera va chekkalari qayrilgan ekran bilan ta’minlangan.

Vivo X50 Pro hali namoyish etilmay turib eng ommabop smartfonlar reytingiga kirib ulgurgan.

O‘QING: Eng zo‘r protsessorli eng arzon 5G-flagman mutlaq rekord o‘rnatdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!