Vivo o‘zining ilk planshetini chiqardi

Vivo o‘zining ilk planshetini chiqardi

11-aprel kuni Vivo o‘zining birinchi buklamafoni bilan birga, yana bir yangi qurilma - Vivo Pad bilan planshetlar bozoriga ilk qadamini qo‘ydi. Kompaniyaning birinchi avlod Android plansheti 11 dyuymli, iPS, 120Hz yangilanish tezligiga ega displeyi bo‘lib, u Vivo Pen deb nomlanuvchi ruchka bilan ishlay oladi. Old ekrani 8MP, orqasida kvadrat ramka ichidagi doira ichida joylashgan ikkilik kameralarining asosiysi 13MP, yana biri esa 8MP bo‘lib, planshet o‘lchami 164.71 x 253.15 x 6.55 millimetrni, og‘irligi 489 grammni tashkil qiladi.


Kapot ostida esa Qualcomm'ning Snapdragon 870 5G chipsetida 8GB operativ va 128GB doimiy xotira bilan Android 12 ga asoslangan Origin operatsion tizimida ishlaydi. Uning poverbank qilib ishlatish mumkin bo‘lgan 8040 mAh sig‘imli batareyasini 44W tezlikda USB-C porti orqali 95 daqiqa ichida to‘liq quvvatlash mumkin.


Havorang va qora ranglarda Xitoy bozorida sotuvga chiqariladigan planshetning qo‘shimcha xotira va naushnik uchun uyasi mavjud emas. Narxi esa ikki xil xotira konfiguratsiyalariga qarab o‘zgaradi: 8/128GB uchun $390 va 8/256GB uchun $470 atrofida. Shuningdek, kompaniya planshet bilan ishlatiladigan klaviaturani 94 dollar va stilus ruchkani esa 55 dollar narxda sotishni ham niyat qilgan.

O‘QING:  Galaxy Z Fold uchun yangi raqib taqdim qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!