vivo o‘zining navbatdagi buklamafonini taqdim etadi

vivo o‘zining navbatdagi buklamafonini taqdim etadi

vivo kompaniyasi X Fold+ modelini 26 sentyabrda taqdim etishini rasman tasdiqladi. Kompaniya e’lon qilgan posterda buklamafon qizil rangda ham sotuvga chiqishi ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq taqdim etilgan X Fold modelining ko‘k va qora rangli sun’iy charm bilan qoplangan turlari sotuvga chiqqan edi. 

Qurilma Snapdragon 8+ Gen1 hamda maksimal 12/512GB xotiraga ega bo‘ladi. Uning akkumulyator hajmi biroz kattalashgan - 4,730 mAs (avvalgi modelda 4,600 mAs). 

Yangi buklamafonning qolgan texnik ko‘rsatkichlari X Fold modelinikiga o‘xshash bo‘ladi. Narx jihatidan hech qanday ma’lumot yo‘q, bu taqdimotdan keyin ma’lum bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, birinchi avlod X Fold modeli 1,415 dollar narxda sotuvga chiqqan edi. Qurilma faqat Xitoy bozori uchun ishlab chiqariladi. 

O‘QING: Xiaomi'ning eng chiroyli smartfoni iPhone 14 Pro tirqish dizaynini ko‘chirib oldi