vivo S10'ning asosiy texnik jihatlarini TENAA ko‘rsatib berdi

vivo S10'ning asosiy texnik jihatlarini TENAA ko‘rsatib berdi

Model raqami V2121A bo‘lgan va vivo S10 smartfoni ekani taxmin qilinayotgan vivo smartfoni Xitoyning TENAA agentligi sertifikatiga ega bo‘ldi va ayni damda qurilmaning asosiy texnik jihatlari oshkor qilindi.

O‘QING: vivo V21 (5G)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xitoy sertifikatlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, vivo S10 modeli 7,29 mm qalinlikka ega bo‘lib, 6,44" ekran va 3,970 mAs nominalli akkumulyator bilan jihozlanadi.

Smartfon 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi va Android 11 bazasidagi OriginOS interfeysida ishlaydi.

vivo S10 Pro'нинг расмий сурати
vivo S10 Pro'ning rasmiy surati

TENAA listingida S10'ning boshqa jihatlari ko‘rsatilmagan. Biroq mish-mishlarga qaraganda, smartfon FullHD+ 90Hz OLED displey, old tomonda 44MPlik qo‘shkamera, orqa panelda uchta modulli 64MP kamera va 44 vattda quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

S10, shuningdek, Geekbench testida Dimensity 1100 SoC va 12GB tezkor xotira bilan «qo‘lga tushgan».

vivo S10 smartfoni 15 iyul kuni rasman taqdim etiladi. Taqdimotda S10 Pro ham namoyish qilinadi; kompaniya bu smartfonning uch modulli orqa kamerasi 108MP, oldida esa ikkita kamera bo‘lishini tasdiqlagan.

vivo S10 va vivo S10 Pro

Sizdirilgan render tasvirlarida S10 va S10 Pro smartfonlari bir xil ekanini ko‘rish mumkin. Asosiy farq qurilmalarning faqatgina asosiy kamerasi rezolyutsiyasidami yoki yo‘q — bunisi hozircha noma’lum.

O‘QING: Helio G80 va 64MP uchtalik kameraga ega vivo Y53s 4G smartfoni taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.