vivo T1 va T1 Pro 5G smartfonlari taqdim etildi

vivo T1 va T1 Pro 5G smartfonlari taqdim etildi

Kecha vivo kompaniyasi T1 va T1 Pro 5G smartfonlarining taqdimotini o‘tkazdi. Ikkila smartfon kechadan sotuvga chiqdi. Flipkart onlayn do‘konida T1 modeli 14,500 rupiy (taxminan 200 dollar) narxdan sotilmoqda. T1 Pro 5G modelining narxi esa 23,999 rupiydan (taxminan 320 dollar) boshlanadi. 

vivo T1 Pro 5G ko‘p jihatdan iQOO Z6 Pro smartfoniga o‘xshaydi. Unga ham HDR10+ va 1300 nit yorqinlikka ega bo‘lgan 1080p rezolyutsiyadagi 6.44 dyuymli displey o‘rnatilgan. 

Smartfon Snapdragon 778G chipida ishlaydi. Qurilma ichida termallarni boshqarish uchun 8 qatlamli sovutish tizimi mavjud.

T1 Pro 5G modeliga 64MP asosiy, 8MP ultrakeng, 2MP makro va 16MP selfi kameralar o‘rnatilgan. 

Qurilmada 4,700 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘lib, uni 66 vattda quvvatlash mumkin. 50% quvvat olishi uchun smartfon 18 daqiqa vaqt sarflaydi. 

vivo T1 modeli esa ko‘p jihatdan IQOO Z6 smartfoniga o‘xshaydi. U 1080p rezolyutsiyadagi 6.43 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Qurilma ichidagi Snapdragon 680 chipi 4/6/8GB tezkor xotiralar bilan integrallashishi mumkin. 

Qurilma 50MP asosiy, 2MP makro, 2MP sath va 16MP selfi kameraga ega. Smartfonga 44 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, 50% quvvat olish uchun smartfon 28 daqiqa vaqt sarflaydi. 

O‘QING: Samsung kompaniyasi UFS 4.0 xotira texnologiyasini taqdim etdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!