vivo V21 (5G)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo V21 (5G)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Agar siz TikTok videolar olishga qiziqsangiz yoki TikTok'chi tanishingiz bo‘lsa, selfi videolar ahamiyati qanchalar katta ekanini yaxshi tushunasiz. Boshqacha qilib aytganda, ko‘pdan ko‘p odamlar, asosan, yoshlar sifatli selfi va selfi videolar olishga qodir smartfon xohlashmoqda — hamyonbopini, albatta.

O‘QING: Samsung Galaxy A72'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Hayratlanarli jihati shundaki, ko‘p sonli smartfonlar, hatto flagmanlar ham, selfi kamera borasida sezilarli darajada takomillashayotgani yo‘q.

Qarshi oling: vivo V21 juftligi. Ushbu qurilmalarning eng muhim jihati, shaksiz, ularga o‘rnatilgan 44MP rezolyutsiyali, f/2.0 diafragmali hamda avtofokus va OIS'ga ega selfi kameradir. Bunday texnik jihatni har kuni ham ko‘ravermaysiz.

Qizig‘i shundaki, quyida biz V21 5G qurilmasi bilan tanishib chiqayotgan bo‘lsak-da, uning texnik xususiyatlari standart V21 bilan bir xil — hatto Dimensity 800 5G chipsetigacha. Bizningcha, vivo 4G modeldan 5G antennani olib tashlagan xolos. Buni biroz noodatiy yondashuv deyish mumkin, lekin standart V21 ham 5G'ga ega egizagi kabi texnik xususiyatlarga egaligi bois shikoyatga o‘rin yo‘q.

vivo V21/V21 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.7x73.9x7.3 mm, 176 g; plastik rom va orqa panel, shishadan ishlangan old panel.

> Displey: 6.44" AMOLED, 90Hz, HDR10+, 500 nit (odatiy), 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 409ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6853 Dimensity 800U 5G (7 nm): sakkiz yadroli (2x2.4 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC3.

 > Xotira: 128GB 8GB RAM, 256GB 8GB RAM; UFS 2.2; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, Funtouch 11.1.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.72", 0.8µm, PDAF, OIS; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 120 daraja, 16 mm, 1/4.0", 1.12µm; •Makro: 2 MP, f/2.4.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek. (OIS mavjud emas), 1080p@30/60 kadr/sek.; •Old kamera: 4K@30 kadr/sek. (OIS mavjud emas), 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,000 mAs; 33 vattda tezkor quvvatlash, 30 daqiqada 63% (reklamaga ko‘ra).

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); selfi uchun LED chiroqlari.

> Narxi: 400 dollar atrofida.

V21 dueti nafaqat kuchli kameralarga, balkim, umumiy olib qaraganda, kuchli texnik xususiyatlarga ega. Qizig‘i, smartfonlar juda ingichka, o‘lchamlari 159.7 x 73.9 x 7.3 mm. 4,000 mAs akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramay, og‘irligi 176 grammni tashkil etadi.

O‘rta toifa MediaTek Dimensity 800U chipiga 8GB tezkor xotira sherik qilingan. AMOLED ekran esa 90Hz yangilanish chastotasiga ega va HDR10+ ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Orqa paneldagi kameralar jamlanmasi ham yomon emas. Asosiy kamera 64MP, ultrakeng kamera 8MP va makro kamera 2MP rezolyutsiyaga ega.

Barcha jihatlarni inobatga olganda, V21 qurilmasiga kuchli o‘rta toifa model deb qarash mumkin. Biroq smartfonning 400 dollar atrofidagi nisbatan qimmat narxi uning raqobatchilar oldidagi kamchiligi hisoblanadi. Bundan tashqari, suv va changdan himoyaning mavjud emasligi, stereo karnaylar hamda NFC yo‘qligi kabilar ham qurilmalarning nuqsonlaridan. V21'ning maqtarli tomoni selfi borasidagi texnik jihatlaridir.

Qadoq tarkibi

Foto: GSMArena

V21 qadog‘i tarkibi hayratlanarli ravishda boy. Quti ichidan FlashCharge 2.0 texnologiyasida ishlovchi, qurilmalarga maksimal 33 vatt quvvat beruvchi zarydachik; USB-A ga USB-C kabeli; Type-C tipidagi oq quloqchinlar; quloqchinlarni 3.5 mm audio jekka ulash uchun Type-C ga 3.5 mm lik adapter; termoplastik poliuretan (TPU) g‘ilof kabilar o‘rin egallagan.

O‘QING: vivo X60 Pro+ ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz