vivo V23 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo V23 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo V23 Pro'ning taqdim etilganiga ko‘p bo‘lmadi. 5-yanvar sanasida vivo kompaniyasi V23 va V23 Pro hamda iQOO 9 va iQOO 9 Pro smartfonlarini taqdim etgan edi. iQOO 9 modellari flagman darajadagi smartfonlar, V23 seriyasi esa o‘rta toifadagi mansub qurilmalar hisoblanadi. 

O‘QING: Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

vivo V23 Pro o‘zgacha smartfon. U o‘z “ukasi“ga qaraganda kattaroq displey, kuchliroq chip va yuqori rezolyutsiyadagi asosiy kameraga ega. Qurilmalarning boshqa texnik jihatlari deyarli bir xil. 

vivo V23 Pro'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 159.5x73.3x7.4mm, 171g; old shisha, orqa panel shisha. 

> Displey: 6.56 dyuymli AMOLED, 90Hz, HDR10+, 1080x2376 piksel rezolyutsiya, 19.8:9 forma faktori, 398ppi zichlik. 

> Chipset: MediaTek MT6893 Dimensity 1200 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (1x3.0 GHz Cortex-A78 & 3x2.6 GHz Cortex-A78 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G77 MC9. 

> Xotira: 8/128GB, 12/256GB. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, FuntouchOS 12. 

> Kamera: Asosiy kamera: 108MP, f/1.9, 26mm, 1/1.52“, 0.7µm PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 120° ko‘rish burchagi, 16mm, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/2.0, AF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.3, 105 ko‘rish burchagi. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 4,300 mAs; Fast Charging 44W, 1-63% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); Orqa panelning o‘z rangini o‘zgartirish imkoniyati. 

Qurilmalarning ko‘rinishi bir-biriga o‘xshasa-da, ularning dizaynida bir necha farq bor. Ikki smartfonning orqa paneli va undagi kamera moduli bir-biriga juda o‘xshash, biroq Pro modelning chetlari rom tomonga biroz qayrilgan. Oddiy model yassi displey va yassi orqa panelga ega. 

Foto: GSMArena

Ikki qurilmaning Sunshine Gold  rangi quyosh yoki yorug‘lik nurida o‘z rang tusini o‘zgartira oladi. Shuningdek, smartfonlarning old tomonida ikkita selfi kamera joylashgan. Ularning biri 50MP asosiy kamera, ikkinchisi esa 8MP ultrakeng kamera. Selfi kamera 4K formatda videoga olishi mumkin. 

Qadoq tarkibi 

vivo V23 Pro'ning qutisida barcha kerakli aksessuarlar bor. Qadoq tarkibidan smartfon bilan birga 44 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, qurilma himoyasi uchun shaffof g‘ilaof, USB-C quloqchinlari hamda audio jek uchun maxsus ulagich o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Samsung Galaxy M52 5G'ning texnik va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!