vivo v23e 5G taqdim etildi

vivo v23e 5G taqdim etildi

Kecha vivo V23e 5G'ning rasmiy taqdimot namoyishi bo‘ylib o‘tdi. 400 dollar evaziga, smartfon Dimensity 810 chipi, OLED displeyi hamda yaxshi darajadagi kameralarni taqdim etadi. 

Smartfon 6.44 dyuymli OLED displeyiga ega bo‘lib, displey yuqori qismida 44MP tomchisimon selfi kamera joylashgan. 

Orqa panelidagi kamera modulidan 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera o‘rin olgan. 

Qurilmad 4,050 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u 45 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Quvvatlash adapteri qadoq tarkibidan o‘rin olgan. 

8/128GB xotira hajmiga ega bo‘lgan V23e'ning narxi 392 dollarni tashkil qiladi. Smartfonning Black hamda “Sunshine Coast“ (pushti hamda ko‘k rang gradiyenti) ranglarida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi kichik hajmdagi Xiaomi 12X smartfonini taqdim etmoqchi