vivo X Fold+ rasman taqdim etildi

vivo X Fold+ rasman taqdim etildi

Yangi chipset hamda yangicha rangga ega bo‘lgan vivo X Fold X+ buklamafoni rasman taqdim etildi. Qurilmadagi Snapdragon 8+ Gen1 chipi avvalgi avlodga qaraganda 30% kamroq quvvat sarflashi bilan bir qatorda uning unumdorlik darajasi 10% ga oshgan. 

Chipdan tashqari smartfonning akkumulyator ham yaxshilangan. Plus model 4,730 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan (avvalgi modelda 4,600 mAs). vivo X modeli bilan taqqoslaganda yangi buklamafonda ikki soat ko‘proq video tomosha qilish mumkin. 

Quvvatlash tezligi 80 vattga oshgan. Endi 35 daqiqa ichida qurilmani to‘liq quvvatlash mumkin. Birinchi avlod X Fold modeli qutisida ham 80 vattlik quvvlash adapteri bo‘lar edi. U ham taxminan 40 daqiqada to‘liq quvvatladi. Demak, quvvatlash tezligi bo‘yicha katta o‘zgarish bo‘lmagan bo‘lsa, simsiz quvvlashda hech qanday o‘sish bo‘lmagan - 50 vatt.

Yangi model birinchi avlod kabi o‘ta yupqa oynali 8 dyuym hajmdagi displey bilan jihozlangan. Displey LTPO turiga mansub bo‘lib, u 1-120 gerts chastotalarga o‘tgan holda ishlaydi. Ikkala model ham 6.53 dyuymli tashqi displeyga ega. Undan ultra tovushli barmoq izi skaneri o‘rin olgan. 

Smartfonga o‘rnatilgan mexanizm turli xil burchak darajalarida ochilishi mumkin. Bu multimedia hamda video qo‘ng‘iroqlar uchun juda foydali hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, dinamiklar sifatini ham yaxshiladi. Endi ovoz ancha baland va aniq eshitiladi. 

Orqa paneldan 50MP asosiy kamera (1/1.57” GN5 sensor, 1.0µm, f/1.75, OIS), 48MP ultrakeng kamera (114 gradus burchakli), 12MP telefoto hamda 5x optik zumli 8MP periskop kamera (OIS, 60x raqamli zum) o‘rin olgan. 

Buklamafon yangi rangda taqdim etilgan bo‘lib, u Huaxia Red deb nomlanadi. Uning orqa panel sun’iy charm bilan qoplangan. Qizildan tashqari, qurilmaning havorang hamda qora ranglari ham bor. Odatda vivo g‘ilof rangini smartfon rangiga moslashtiradi. Ammo ushbu g‘iloflarni qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish kerak bo‘ladi. Qurilmaga oldindan buyurtma bergan omadli xaridorlar esa uni bonus sifatida qo‘lga kiritishlari mumkin. 

vivo X Fold+ modeliga oldindan buyurtma berish kechadan boshlandi. Qurilma 29 sentyabrdan sotuvga chiqadi. Uning narxi quyidagicha:

12/256GB - 1400 dollar

12/512GB - 1540 dollar.

O‘QING: Apple yangi iPad va MacBook Pro'larni ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilishi mumkin