Vivo X50 triosi taqdim etildi: stabilizatorli kameraga ega ilk smartfonlar (+video)

  •   DiMaX
  •  6548
  •  02.06.2020 11:55

Vivo X50 triosi taqdim etildi: stabilizatorli kameraga ega ilk smartfonlar (+video)

Boshqalarda uchramaydigan innovatsiyalarni dadil qo‘llashi bilan tanilgan xitoylik kompaniya Vivo X50 turkumi smartfonlarini tayyorlagani haqida yozgandik. Kecha – 1 iyun kuni ularning taqdimoti onlayn formatda bo‘lib o‘tdi; narx va xususiyatlari e’lon qilindi.

O‘QING: Eng zo‘r protsessorli eng arzon 5G-flagman mutlaq rekord o‘rnatdi!

Mazkur turkumga standart Vivo X50 hamda Vivo X50 Pro modellaridan tashqari, yanada ilg‘or – Vivo X50 Pro+ flagmani ham kirgan. Bular – kameraning o‘ziga stabilizator joriy etilgan dunyodagi birinchi smartfonlardir. Ya’ni, rasmga va videoga olish jarayonida kamera matritsasi turli o‘qlar bo‘yicha 3 darajagacha qimirlaydi – xuddi tirik jonzodlarning ko‘zi atrofga alanglagani kabi.

Vivo vakillarining ta’kidlashicha, bunday yechim an’anaviy – optik barqarorlashtirish (OIS) tizimiga nisbatan 300 foizlik silliqlikni ta’minlay oladi.

Har uchala model beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashidan tashqari, barchasi NFC chipiga ham ega, daktiloskoplari esa ekranga joylangan. Ularning texnik xususiyatlarini quyidagi jadvalda o‘zaro taqqoslaymiz:

Vivo X50 shu yilning 6 iyunidan sotuvga chiqadi, uning 8/128 gigabaytligi 490 dollar, 8/256 gigabaytligiga esa 546 dollar narx belgilangan. Vivo X50 Pro modelining 8/128 va 8/256 gigabaytlik variantlari tegishlicha 602 va 658 dollardan, 12 iyun kuni savdoga qo‘yiladi. Eng ilg‘or Vivo X50 Pro Plus esa iyuldagina sotila boshlaydi, uning 8/128 gigabaytligi 700 dollar, 8/256 gigabaytligi 770 dollar, 12/256 gigabaytligi esa 840 dollar turadi. Vivo X50 Pro+ modeli charmdan ishlangan orqa qopqoqli versiyada ham chiqariladi, uning narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: Real testda eng tezkor TOP-10 smartfonni aniqlashdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!