vivo X60 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo X60 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo X60 Pro smartfoni yuqori sinfga mansub bo‘lib, Snapdragon 888 platformasidan bir pog‘ona pastda turuvchi Snapdragon 870 chipida ishlaydi. Qurilmaga 120Hz chastotali 6.56 dyuym diagonalga ega AMOLED displey o‘rnatilgan. Orqa paneldan uchta kamerali modul o‘rin egallagan.

O‘QING: vivo V20 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Ushbu smartfonni Xitoy uchun chiqarilgan X60 Pro modeli bilan adashtirmaslik kerak. Xitoy uchun chiqarilgan talqin periskop kamera va Exynos chipiga ega. Shuningdek, X60 Pro+ modeli ham mavjud bo‘lib, ushbu devaysga ham periskop kamera va Snapdragon 888 chipi qo‘yilgan.

vivo X60 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 158.6x73.2x7.6 mm, 179 g; old va orqa panelda Gorilla Glass 6 shishasi, alyuminiy rom.

> Displey: 6.56" AMOLED, 120Hz, HDR10+, 1080x2376p rezolyutsiya, 19.8:9 forma faktori, 398ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8250-AC Snapdragon 870 5G (7 nm): sakkiz yadroli (1x3.2 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.80 GHz Kryo 585); Adreno 650.

> Xotira: 256GB 12GB RAM; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, Funtouch 11.1.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.5, 26 mm, 1/2.0", 0.8µm, PDAF, kardanali barqarorlashtirish; •Telefoto: 13 MP, f/2.5, 50 mm, 1/2.8", 0.8µm, PDAF, 2x optik zum; •Ultrakeng: 13 MP, f/2.2, 120˚, 16 mm.

> Old camera: 32 MP, f/2.5, 26 mm (keng), 1/2.8“, 0.8µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek., giro-EIS; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,200 mAs; 33 Vt da tezkor quvvatlanish.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC.

> Narxi: 7 749 000 so‘m (12/256GB Shimmer Blue)

Qadoq tarkibi
X60 Pro smartfoni boshqa premium smartfonlardan ko‘ra hashamatliroq qadoqda sotiladi. Ko‘k quti ustiga model nomi, kamera tasviri va Zeiss kompaniyasi logotipi tushirilgan.

vivo'dan kutganimizdek, qadoq ichida hech qanday kamchilik yo‘q. Quti ichidan 3.5 mm quloqchin, 3.5 mm ga USB-C adapter, quvvatlagich va USB-A-to-USB-C kabeli o‘rin egallagan.

O‘QING: Dunyo bo‘yicha eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.