vivo X70 seriyasi smartfonlarining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

vivo X70 seriyasi smartfonlarining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

vivo X70 seriyasi 9 sentyabr kuni taqdim etiladi. Smartfonlarning taxminiy texnik jihatlari haqidagi ma’lumotlar internet sahiflarida berib borilyapti.

Taqdimot yaqin, ammo China Telecom tasodifan smartfonlarning texnik jihatlarini o‘z veb-saytida e’lon qilib yubordi. Shuningdek, sahifada Pro talqinning renderlarini ko‘rish mumkin.

vivo X seriyadagi smartfonlar doimo flagman darajadagi kameralarga ega bo‘ladi. Bu yilgi smartfonlar ham ZEISS kompaniyasining kameralari bilan jihozlangan. Kameralar modulida 50MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera hamda 12MP portret, 8MP telefoto kameralar joylashgan.

9 sentyabrda barcha smartfonlar taqdim etiladi, shunda ularning narxi ham ma’lum bo‘ladi.

O‘QING: Agar u displey bo‘lmasa, unda nima? vivo asosiy kamera yonida katta displeyi bo‘lgan X70 Pro+ flagmaninning suratlarini taqdim etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!